Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Buxoroda Jahon chempionati sovrindori va uning murabbiyi taqdirlandi

Buxoroda Jahon chempionati sovrindori va uning murabbiyi taqdirlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 22 noyabr kuni viloyat hokimligida Serbiyadagi jahon chempionati finalchisi Abdumalik Xalakov va uning murabbiyi Davron G‘afurovni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi Botir Zaripov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

"Barchamiz Jahon chempionatini katta hayajon va qiziqish bilan kuzatib bordik. Shuni alohida mamnuniyat bilan aytib o‘tmoqchimanki, bu chempionatda ishtirok etishning o‘zi bir sharaf. Nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining asosiy qismi Buxoro viloyatidan ekanligini barchamizni quvontirdi. Shunday ekan, chempionat bellashuvlarida ishtirok etgan barcha sportchilarimizga va ularning ustoz, murabbiylariga alohida minnatdorchilik bildiraman", – dedi viloyat hokimi Botir Zaripov uchrashuvda.

Ta’kidlash lozimki, joriy yilning 5 oktyabr kuni viloyat hokimi buxorolik jahon chempionati ishtirokchilariga oq yo‘l tilarkan, chempionat g‘olib va sovrindorlari hamda murabbiylar munosib rag‘batlantirilishi aytib o‘tilgan edi. Shunga ko‘ra, Abdumalik Xalakov va uning murabbiyi Davron G‘afurovga pul mukofotlari tantanali tarzda topshirildi. Shuningdek, ularga zarbof to‘nlar kiydirilib, yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Bokschi va uning murabbiyi ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorliklarini izhor qilishdi.

"Jahon chempionatida bunday yuqori natijalarga erishishimda albatta murabbiylarimning hissalari katta. Ayniqsa, bizga ishonch bildirib, shunday sharoitlarni yaratib bergan davlatimiz rahbari hamda hukumatimizga cheksiz minnatdorlik bildiraman. Kelgusida bundan ham yirik musobaqalarda munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini yanada yuqori ko‘tarishga so‘z beraman", - dedi Abdumalik Xalakov.

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 22:04, 22.11.2021.
O'qildi: 1957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик