Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

“Manchester Yunayted” murabbiyligiga eng yaxshi va munosib 5 nomzod

“Manchester Yunayted” murabbiyligiga eng yaxshi va munosib 5 nomzod

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” ikki kun avval Ole-Gunnar Sulsher bilan xayrlashdi. Norvegiyalik mutaxassisning ketishi haqidagi bayonotda mankunianliklar boshiaruvida vaitinchalik Maykl Kerrik jamoa bilan ishlashini, klub rahbaryati esa “qizil iblislar” 2021/2022 yilgi mavsumni yakunlaydigan murabbiy topishini ma’lum qildi. bilandi. Ya’ni, “Manchester Yunayted” klubi hozirda uzoq muddatga murabbiy izlamoqchi emasligini, yozgacha kutishni keyin munosib ustoz tayinlashini ma’lum qildi. “Stdion.uz” nashri esa “Old Trafford” boshqaruvi lavozimiga asosiy nomzodlarni sanab o‘tdi. 

Maurisio Pochettino

So‘nggi kunlarda “Manchester Yunayted” va Maurisio Pochettino bilan bog‘liq mish-mishlar faol tarzda tarqalmoqda. Argentinalik mutaxassis hozir PSJda ishlaydi, biroq matbuotda murabbiy yozni kutmasdan, mavsum o‘rtasida “Old Trafford”ga o‘tishga qarshi emasligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Pochettinoning yaqin haftalarda tayinlanishiga ishonish qiyin. Sababi, argentinalik hozir PSJni tark etsa, uning obro‘siga putur yetadi. Ammo Maurisioning yozda Angliyaga qaytishi haqiqat.

Maurisio Pochettino APLda “Sautgempton” va “Tottenxem” bilan ishlagan. Ushbu murabbiy qo‘l ostida ikkala jamoaning ham o‘yinida o‘zgarish bo‘lgan.  “Shporlar” muntazam ravishda kuchli 4likdan joy olishni boshladi va Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi. Pochettino “Tottenxem” bilan hech qachon sovrin yutmagan, ammo aytish kerakki, Shimoliy Londondagi murabbiyning resurslari cheklangan edi. Shunday bo‘lsada, Daniel Levi yirik transferlarga pul sarflashga o‘rganmagan va “shporlar” uchun eng yaxshi o‘yinchilarni sotib olishi qiyin edi. “Manchester Yunayted”da Pochettino ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi va sovrinlar yutish bo‘yicha o‘zini ko‘rstaish uchun imkoniyatlar bo‘ladi.

“PSJ” murabbiyi sifatida Maurisio Pochettino muntazam ravishda Lionel Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb aytadi. Qiziq, Pochettino “Manchester Yunayted”ga o‘tganida Krishtianu Ronaldu bilan qanday munosabatda bo‘ladi?

 

Zinedin Zidan

Mish-mishlar uzoq vaqtdan beri “Manchester Yunayted”ni Zinedin Zidan bilan bog‘lab keladi. Nazariy jihatdan fransuzni “qizil iblislar” boshqaruviga taklif qilish Maurisio Pochettinoga qaraganda osonroq, chunki u hozirda klubsiz. Biroq, Zinedin Zidanning rafiqasi Angliyaga ko‘chib o‘tishga qarshi ekanligi haqida ma’lumotlar bor. Fransuzning o‘zi esa dam olishni afzal ko‘rib, hozir ishga qaytishni istamayapti.

Agar Zidan “Manchester Yunayted”ni boshqarishga rozi bo‘lgan taqdirda ham, bu yozda amalga oshishi mumkin. Gap shundaki, “qizil iblislar” bosslari fransuzni ko‘ndira oladimi? Mish-mishlarga ko‘ra, Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarish imkoniyatini kutishga qaror qilgan. Eng yaqin shunday imkoniyat Qatardagi jahon chempionatidan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, Zidan bir yildan ortiq ishsiz qolishga tayyormi?

Erik ten Xag

Erik ten Xag – “Manchester Yunayted” uchun qiziqarli variant. Gollandiyalik mutaxassis “Ayaks” boshqaruvida o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda. “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tish ten Xag uchun oldinga tashlangan qadam bo‘lardi, lekin bu ko‘chish ham katta e’timol bilan yozda sodir bo‘ladi. Mavsum o‘rtasida Xag inqirozga uchragan “Manchester Yunayted”ni qabul qilishni istamasa kerak. “Ayaks”da Erikning mavsumi yaxshi o‘tmoqda - amsterdamlik futbolchilar hattoki Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. “Ayaks”dan mankunianliklar lageriga ko‘chib o‘tgandan so‘ng iqtidori so‘na boshlagan Donni van de Bek, shubhasiz, ten Xagning “Manchester Yunayted”ga kelishidan xursand bo‘lardi.

Loran Blan

Yaqinda “Manchester Yunayted” Qatarning “Al-Rayyan” jamoasida faoliyat yuritayotgan Loran Blanni vaqtincha boshqaruvga tayinlashi haqidaqaror qabul qilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu variant qanchalik real ekanligini aytish qiyin. Blan “Manchester Yunayted”ga bor-yo‘g‘i olti oy ishlashi mumkinmi? O‘z vaqtida “qizil iblislar”da o‘ynagan fransuzning uzoq istiqboliga kelsak, savollar tug‘iladi. Blan odatda top-murabbiy hisoblanmaydi, garchi u nafaqat PSJ, balki nisbatan kamtarona “Bordo” bilan ham Fransiya chempioniga aylangan bo‘lsa ham.

Yoaxim Lyov

“Manchester Yunayted”ning boshqaruviga kelishi mumkin bo‘lgan yana bir variant bu – Yooaxim Lyov. Yevro-2020 yakuniga yetganidan so‘ng Germaniya terma jamoasi murabbiylik kursisini tark etgan Yoaxim ham MYU boshqaruviga kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Ammo, u “qizil iblislar” tarkibida o‘ynab keta oladimi? Axir, Lyov deyarli 20 yildan beri klub miqyosida ishlamadi! 2004 yildan 2021 yilgacha u Germaniya terma jamoasida avvaliga yordamchi, keyin esa bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. Nemisni “Yunayted”ga tayinlash tavakkal bo‘ladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:42, 23.11.2021.
O'qildi: 8994 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.