Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

"Bavariya" vingeri: "Bizda juda yaxshi tarkib bor"

"Bavariya" vingeri: "Bizda juda yaxshi tarkib bor"

Baho:
+ | -

"Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Leroy Sane Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan Kiyev "Dinamo"siga qarshi o‘yin oldidan OAV vakillari savollariga javob berdi.

"Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat? Biror narsa sodir bo‘lganda, biz bu haqda gaplashamiz, lekin bu bizga ta’sir qilmaydi. Biz bor e’tiborimizni o‘yinlarga qaratib, 100% o‘zimizni uchrashuvlarga qaratishni istaymiz. Bizda juda yaxshi tarkib bor. Futbolchilar vaziyat qanday ekanini bilishadi.

Men negativlikni ijobiy energiyaga aylantirishga harakat qilaman. Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, yaxshi formadaman. Keyingi o‘yinlarda tezligimdan foydalanmoqchiman. Vaksina? Men o‘zim emlanganman. Serj Gnabri bilan bu haqda qisqacha gaplashdim. Maydonda biz birga bo‘lishimizni istayman. Karantindagi futbolchilar biz uchun muhim futbolchilar. Lekin men ularning emlanmaslik qarorini hurmat qilaman”, – dedi Sane.

Manba: Footballhd.ru
Kiritildi: 11:47, 23.11.2021.
O'qildi: 1641 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.