Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

FMTMda sport psixologiyasi bo‘yicha ilmiy kurslar o‘tkazilmoqda

FMTMda sport psixologiyasi bo‘yicha ilmiy kurslar o‘tkazilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ilmiy-metodik va innovasion texnologiyalarni joriy etish orqali futbol sohasida yetuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida O‘FA qoshida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi (FMTM) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mazkur markazda xalqaro futbol tashkilotlarining ishlab chiqqan dasturlari va sohadagi yetuk mutaxassislarini jalb qilgan holda bir qator yangi sohalar, jumladan, sport psixologiyasi bo‘yicha yangi kurslar tashkil etildi.

Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida sport psixologiyasi bo‘yicha bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari psixologlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari va professional futbol klublari mutaxassislari uchun o‘quv kurs bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu kursning navbatdagi seminariga tashrif buyurdi.

Agar barcha murabbiylar ham sportda psixologlarning roli naqadar muhimligini tushunganlarida edi, ular har kuni kamida bir soatdan psixologiyaga vaqt ajratgan bo‘lar edilar. Chunki guvohi bo‘lib turibmiz, ko‘plab yosh futbolchilarimiz xalqaro musobaqalarda ruhiy tomonlama muammoga duch kelib, o‘zidagi hayajon va bosimni yenga olmayapti. Bu esa albatta natijalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi”, dedi Ravshan Ermatov.

Ma’lumot uchun, kursni O‘zbekiston terma jamoasi psixologi Tatyana Usova olib bormoqda, unga Marina Dorfman assistentlik qilmoqda. Darslarda, asosan, sport psixologiyasining maqsad va vazifalari, sportda shaxsni o‘rganish, murabbiylar shtabi va sportchilarni psixodiagnostika qilish, sportchilarning psixologik tayyorgarligi tizimidagi jamoaviy uslubiyat, futbolchining g‘alabaga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlash va boshqa jihatlar to‘g‘risidagi mavzular o‘tilyapti.

Kurs ishtirokchilar darslar davomida sport psixologiyasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan javoblar olishmoqda.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:07, 23.11.2021.
O'qildi: 1239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.