Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

«Bunyodkor» OCHL yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqdi. Qolganlarda imkoniyat qanday?

«Bunyodkor» OCHL yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqdi. Qolganlarda imkoniyat qanday?

Baho:
+-1 | -

O‘zbekiston kubogi yarim final bahslaridan so‘ng 2022 yilda Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishga da’vogarlik qilayotgan klublardan biri safdan chiqdi. Bu — «Bunyodkor». O‘zbekiston uchun OCHLga ajratilgan ikkinchi yo‘llanma uchun kurashayotgan 3ta klub qoldi. Ularning imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.

AGMK — chempionatda ikkinchi o‘rinni egallashi va O‘zbekiston kubogi finalida «Paxtakor»ning g‘alabasiga umid qilishi kerak.

«Nasaf» — chempionatda ikkinchi pog‘onani egallashi yoki O‘zbekiston kubogi finalida g‘alaba qozonishi kerak.

«So‘g‘diyona» — chempionatda ikkinchi o‘rinni egallashi va O‘zbekiston kubogi finalida «Paxtakor»ning g‘alabasiga umid qilishi kerak.

Chempionatning yakuniy — 26-tur o‘yinlari 27 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. AGMK hozircha 47 ochko bilan ikkinchi, «Nasaf» 45 ochko bilan uchinchi va "So‘g‘diyona" 44 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

AGMK mavsumni 2-o‘rinda yakunlash uchun «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etish talab etiladi. Olmaliqlarni durang ham qanoatlantirishi mumkin, agar «Nasaf» o‘z maydonida «Lokomotiv»ni mag‘lub etmasa.

«Nasaf» esa 2-pog‘onani egallash uchun «Loko»ni mag‘lub etgan holda, AGMKning «So‘g‘diyona» bilan o‘yinda ochko yo‘qotishini kutadi.

«So‘g‘diyona» kumush medal sovrindoriga ega bo‘lishi uchun Olmaliqda AGMK ustidan g‘alaba qozonib, «Nasaf»ning «Loko» bilan bahsda g‘alaba qozonmasligiga umid qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston kubogini «Paxtakor» qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, chempionatda 3-o‘rin ham muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday holatda chempionatda 2-o‘rinni egallagan jamoa Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida ishtirok etadi. Bu jamoa OCHL guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, chempionatimizda uchinchi pog‘onani band etgan klub OFK kubogida ishtirok etadi. Buni qarangki, "Bunyodkor" 3-pog‘onani egallash imkoniyatini ham qo‘ldan chiqardi. Demak, "qaldirg‘ochlar" har qanday holatda ham kelasi mavsumda xalqaro musobaqada ishtirok eta olishmaydi.

Manba: https://t.me/ANikimbaev
Kiritildi: 06:00, 26.11.2021.
O'qildi: 7491 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик