Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

«We Global Football» taxmini: Portugaliya JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi

«We Global Football» taxmini: Portugaliya JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi

Baho:
+ | -

"We Global Football" portali dunyo terma jamoalarining Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini baholab boradi. Kecha Yevropa mintaqasi pley-off bosqichi va qitalararo pley-off o‘yinlariga tashlangan qur’adan so‘ng sayt o‘z taxminlarini e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, Yevropada "A" yo‘ldagi yo‘llanma Uelsga nasib etadi (31,28%). "B" yo‘l orqali esa Rossiya terma jamoasi JCHga chiqishi taxmin qilindi (31,28%).

"O‘lim yo‘li" deya e’tirof etilgan "C" yo‘lida esa Portugaliyaning Mundialga chiqish imkoniyati yuqori — 51%. Italiyaning imkoniyati esa 35 foizga baholandi. Ushbu yo‘ldan o‘rin olgan Turkiya va Shimoliy Makedoniyaning imkoniyatlari ancha past baholandi.

"We Global Football"ga ko‘ra, qit’alararo pley-off bosqichi orqali yo‘llanma Urugvay va Panamaga nasib etish ehtimoli yuqori.

Manba: https://t.me/ANikimbaev
Kiritildi: 09:13, 27.11.2021.
O'qildi: 4482 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик