Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Turon" klubiga yangi vise-prezident tayinlandi

"Turon" klubiga yangi vise-prezident tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Yaypanning "Turon" klubi qarorgohida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Rahbariyat va ta’sischilar ishtirokida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda klub vise-prezidenti lavozimiga turli nomzodlar masalasi ko‘rib chiqildi. Yakuniy qarorga ko‘ra, tojikistonlik futbol faxriysi, taniqli mutaxassis Aleksandr Azimov mazkur lavozimga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Azimov 1961 yili Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Dushanbening "Pamir", Avstriyaning "WAC Volfsberg", "Austriya Klagenfurt" kabi nomdor klublarda o‘ynagan.

"Tajribali mutaxassisga klubimizdagi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilaymiz. "Turon"ga xush kelibsiz Aleksandr Uzakovich!", - deyiladi xabarda.

 

Manba: "Турон" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:34, 30.11.2021.
O'qildi: 1703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.