Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Arsenal"dagi samuray

"Arsenal"dagi samuray

Baho:
+ | -

Yozda "kanonirlar" himoyachi uchun 16 million funt to‘lashdi va u bundan ikki baravar qimmatli bo‘lishi mumkin.

Yaponiyalik muxlislar - bu har qanday Yevropa klubi nuqtai nazaridan o‘rganish uchun qiziqarli va istiqbolli bozor. Biroq, mehnatkash yapon xalqidan haqiqiy sevgi va hurmat qozonish oson emas. Hech bo‘lmaganda, bu davlatdagi futbolkalarni millionlab sotishni boshlash uchun kunchiqar mamlakat vakillaridan biri birini jamoangizga olib kelish kerak bo‘ladi. Yaponlar o‘z mehnatlari qadrlanishi va ye’tirof etilishiga intiladi. Shu bois orollarda “Arsenal” muxlislari unchalik ko‘p emas, garchi avvalroq londonliklar birdaniga uchta yaponiyalik legioner – Junichi Inamoto, Re Miyaichi va Takumu Asano bilan shartnoma imzolashgan bo‘lsalar ham. Ular umumiy hisobda londonliklar safida bor-yo‘g‘i 11 ta o‘yin o‘tkazgan

Yaponiyada "Arsenal"ni qo‘llab-quvvatlash va bu jamoaga ma’lum darajada simpatiyq ko‘rsatish endigina boshlanmoqda va bu asosan 23 yoshli himoyachi Takexiro Tomiyasuning muvaffaqiyatli o‘yini tufayli sodir bo‘lmoqda. 31 avgust kuni "kanonirlar" kutilmaganda 16 million funt sterling sarf qilib futbolchi sotib olishdi, bu pul esa Tomiyasu bilan shartnoma imzolash uchun "Bolonya" hisobiga tushdi. O‘shandan beri va yaqin vaqtlargacha "Arsenal" juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. 10 o‘yindan iborat mag‘lubiyasiz seriya, faqat 20 noyabr kuni "Liverpul"ga qarshi safarda (0:4) uzilib qolgandi, bunda Tomiyasuning hissasini ortiqcha baholash qiyin.

Takexiro Tomiyasu Yaponiyaning Kyushu orolining shimoliy qirg‘og‘idagi port shahri Fukuokada tug‘ilgan. Bolaligidanoq sportga ishtiyoqi baland edi, lekin dastlab u suzish bilan shug‘ullanadigan ikki opasining izidan borishni orzu qilardi. Biroq, qaysidir vaqtda u bu mashg‘ulot bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keldi, chunki yugurish yo‘lakchasiga yiqilganidan keyin Tomiyasu jag‘idan jarohat oldi, shu sababli u ma’lum vaqt hovuzga bora olmadi va Takexiro pauzani to‘ldirish uchun futbol o‘ynashga qaror qildi.

Tez orada iqtidorli bolani Fukuokada joylashgan "Barselona" futbol akademiyasida payqashdi. Tomiyasu futbol maktabida qabul qilingan usullar bo‘yicha mashq qila boshladi va dastlab ular uni ajoyib markaziy himoyachi sifatida ko‘rishdi, ammo yosh yigitning hujumkor ishida katta salohiyat borligini anglab, Takexiro qanotga o‘tkazildi va u pozisiyada ham ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

Fukuokadagi "Barselona" maktabi murabbiylari Tomiyasuning ota-onasiga uni Ispaniyaga olib ketishni maslahat berishganidan bir necha yil o‘tib, Pireneyga ko‘chib o‘tishdi. Ammo bu yerda taqdirning o‘zi aralashdi. Byurokratik tartib-qoidalar tufayli kataloniyaliklar Tomiyasu uchun o‘qish vizasi bera olmadilar, shu sababli Takexironing Yevropaga ko‘chib o‘tish g‘oyasidan voz kechishga qaror qilindi.

Ko‘p o‘tmay Tomiyasu mahalliy "Avispa" Fukuoka klubi akademiyasiga ko‘chib o‘tdi, u yerda 12 yoshida u U-15 jamoasida o‘ynar edi. Takexiro 16 yoshida Yaponiya chempionatining ikkinchi divizionida asosiy tarkibda, tez orada esa Imperator kubogida debyut qildi. 18 yoshida Tomiyasu "Avispa" Fukuoka bazasida mustahkam o‘yinchi bo‘ldi, garchi Yaponiyada bu yoshda kamdan-kam odam buni uddalay oladi, chunki yoshlar birinchi navbatda ta’lim olishni afzal ko‘rishadi va shundan keyingina futbolga e’tibor berishadi.

2018 yil yanvar oyida, Tomiyasu hali 20 yoshga to‘lmaganida, yaponiyaliklar yanada taraqqiyot uchun o‘z vatanlarini tark etishlari va hali ham Yevropada baxt izlashlari kerakligi ma’lum bo‘ldi. Shunday qilib, umidli himoyachi olish imkoniyati uchun 800 ming yevrodan Belgiyaning «Sent-Tryuyden» klubi vos kechdi. Belgiyaga kelganida Takexiro darhol birinchi jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi - tilni bilmaslik. Qizig‘i shundaki, "Sent-Tryuyden" rahbariyati jamoada fransuz va golland tillari ustun bo‘lishiga qaramay, dastlab Tomiyasuga ingliz tili o‘qituvchisini yollagan. Ochig‘i, o‘shanda ham klub qanday iqtidor ularning changaliga tushib qolgani va uni yaqin kelajakda qayta sotish qanchalik foydali bo‘lishini tushundi.

Keyinchalik, ingliz tilini bilish Tomiyasuga "Arsenal" muxlislariga tabrik so‘zini aytish uchun foydali bo‘ldi, ammo bundan oldin u Belgiyada o‘zini ko‘rsatishi kerak edi...

Tomiyasu tomonidan o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyat 2018 yil noyabr oyida yuz berdi. Endigina terma jamoadan qaytgan, u yerda jarohat olgandi. Taqvimga ko‘ra, “Sent-Tryuyden” “Anderlext”ga qarshi muhim o‘yinni o‘tkazdi va murabbiylar shtabi Takexirodan o‘ynay olasanmi, deya so‘rashganida "Albatta, men buni qila olaman!", degandi. Tomiyasu asosiy tarkibga kirdi va gollardan birini kiritdi, "Sent-Tryuyden" esa nominal favoritni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

Belgiyadagi to‘liq mavsum Tomiyasuga Yevropaning top chempionatlaridan ko‘plab klublarning e’tiborini tortishi uchun yetarli bo‘ldi. 2019 yilning yanvarida Germaniyadan Takexiroga qiziqish borligi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo yakunda "Sent-Tryuyden" boshliqlari yapon futbolchisini yozgacha saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Keyin Tomiyasu atrofida haqiqiy transfer jangi boshlandi, uning g‘olibi belgiyaliklarga 7 million yevro taklif qilgan "Bolonya" bo‘ldi. Mish-mishlarga ko‘ra, 2019 yilning yozida himoyachining Angliya premer-ligasida o‘ynash imkoniyatlari bor edi, ammo u Apennin orollariga borishni afzal ko‘rgan.

"Bolonya"da ham uzoq vaqt ushlanib qolmadi. U "qizil-ko‘klar" safida atigi ikki mavsum o‘ynadi, so‘zsiz asosiy himoyachi bo‘ldi va A Seriyada 61 ta o‘yin o‘tkazdi.

Ta’kidlash joizki, Takexiro Tomiyasu 15 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasidan boshlab muntazam ravishda Yaponiya terma jamoalariga taklif qilinib keladi. Ayni damda himoyachi terma jamoa safida 28ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan va o‘z uyida bir kun kelib Yevropaga ketish va u yerda jiddiy jamoalardan birida muhim futbolchi bo‘lishni orzu qilayotgan yosh futbolchilarga o‘rnak bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, ko‘plab skautlar so‘nggi yillarda Yaponiya bozoriga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Misol uchun, o‘sha “Sent-Tryuyden”da hozirda birdaniga yetti yapon o‘ynayapti, klubda esa ularning har biriga o‘rnak bo‘ladigan kimdir bor – Takexiro Tomiyasu, birinchi mavsumda u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan. Belgiya va hozirda Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan birining futbolchisi "Arsenal" tarixidagi eng nomdor yapon futbolchisiga aylanib ulgurdi.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Kiritildi: 10:21, 02.12.2021.
O'qildi: 2586 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.