Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Olimpik» Superligada o‘z oldiga qanday vazifa qo‘yadi? Kapadze javob berdi

«Olimpik» Superligada o‘z oldiga qanday vazifa qo‘yadi? Kapadze javob berdi

Baho:
+ | -

Superligaga o‘tish uchun o‘tkazilgan «Olimpik» – «Mash’al» (3:1) uchrashuvidan so‘ng Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Birinchi navbatda, barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytaman. Klubda shtat bo‘yicha mehnat qilayotgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu natija uchun ancha vaqt ish olib bordik, mehnat qildik, shuningdek, o‘sishga erishdik. Bu oxirgi o‘yin edi, bir yil davomida bajarilgan ishni qaysi nuqtada to‘xtatishimizni ko‘rsatib berardi.

Bizga qaraganda «Mash’al»ga qiyin bo‘lgani aniq. Chunki biz chiqa olmaganizda ham tajriba to‘plab, bu yo‘lda davom etardik. «Mash’al» har qanday jamoaga muammo tug‘dira oladigan kuchli klub. Kam gol o‘tkazadi va yirik hisobda mag‘lub bo‘lishi qiyin.

Biz o‘yindan oldin «Mash’al»ni o‘rganib chiqdik va shunga qarab tayyorgarlik ko‘rdik. Ko‘rdinglar, biz butun o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘ldik va haqqoniy g‘alabaga erishdik. Bu mehnatlarimiz samarasi va bizga qo‘shimcha kuch beradi.

Bu – futbol, hujumda o‘ynab ham gol o‘tkazish mumkin. 0:1 hisobida yutqazayotgan edik, lekin o‘yinni o‘z tomonimizga bura oldik. Hammani yana bir bor tabriklayman va yigitlarga rahmat aytaman. Ishlashda davom etamiz.

— Klub Superliga talablariga qay darajada tayyor deb hisoblaysiz?
— To‘g‘ri, Superliga talablari bor. Biz ham boshqalarga o‘xshagan jamoamiz. Oldimizda olimpiada bor, biz bunga harakat qilishimiz kerak. Talablar bo‘yicha klub rahbariyati harakat qiladi, albatta. Mening vazifam yigitlarni o‘sishlariga ko‘maklashish. Ko‘rdinglar, bir yilda shu yosh yigitlar qanchalik o‘sishga erishishdi. Shu yigitlar o‘sishga erishsa, terma jamoalarimiz uchun foydali bo‘ladi.

Bilasizmi, klublarda barcha sharoitlar mavjud bo‘lganida, «Olimpik» kerak ham bo‘lmasdi. Jamoamiz shu sababdan tashkil qilindi. Yigitlar vaqtida ovqatlanadi, o‘z vaqtida mashg‘ulotlarni olib boradi va hokazo. Biz vaqtdan yutish maqsadida «Olimpik»ni tashkil qilganmiz. Ozmi-ko‘pmi, bu yigitlar anchayin o‘sdi. Bu terma jamoaga nomzodlar soni ko‘payayotganidan dalolat beradi. Bizda ish davom etaveradi, balki yangi futbolchilarni ham taklif qilishimiz mumkin. Oldimizdagi maqsad aniq, shu yo‘lda ishlashda davom etamiz.

— «Olimpik» juda yaxshi o‘yin uslubiga ega, chiroyli futbol namoyish etmoqda. Superligada ochko jamg‘arish uchun o‘yin uslubini o‘zgartirib yubormaysizmi?
— Futbol shunaqa, himoyalanishni, pressing qilishni va hujum tashkillashni bilish kerak. Bu o‘yinimiz o‘zgaradi degani emas. Biz har doim himoyada raqib hujumidan kelib chiqib o‘ynaymiz. Biz yigitlarni aniq bir o‘yin uslubiga moslaganimiz yo‘q. «Mash’al» bilan o‘yin misolida ko‘rdingiz, birdaniga qaror chiqara bilish kerak. Oldindan biron uslubni rejalashtirish futbolda qiyin, jarayonda har xil vaziyat bo‘ladi. Agar raqib sizni o‘rganib chiqsa, o‘sha bir xil uslubingiz befoyda bo‘ladi. Biz yigitlarni o‘yinga qarab, aqlan rivojlantiramiz. O‘yinni raqibning harakatidan kelib chiqib tashkillaymiz. Bu – jamoamning katta yutug‘i. Superligada ishtirok etish va kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash biz uchun ham qiziq.

— Futbolda bir jamoa tuzish uchun kamida 3 yil kerak deyishadi. Lekin siz bir yilda ham kuchli jamoa tuzsa bo‘lishini isbotladingiz. Umuman, shu haqda fikringiz qanday?
— Bu futbolda uchrab turadigan holat. Jamoaga yangi murabbiy kelsa, unga vaqt zarur bo‘ladi. Men oldin ham qayerda ishlagan bo‘lsam, tezda jamoa o‘yiniga qo‘sha oldim. Bu murabbiyning o‘ziga ham bog‘liq. Yigitlar bilan til topishishni, ular bilan munosabatni yo‘lga qo‘ya bilish kerak. Kimdir aytadi, vaqt kerak, ular bizning uslubga tushmayapti va hokazo. Bunday vaqt xorijdan kelgan murabbiylarga kerak. Ular futbolchilarni va mentalitetni tushunib olishlariga qanchadir vaqt talab etiladi. Biz shu yerdamiz va yigitlarni yaxshi bilamiz. Bir vaqtlar «Lokomotiv»da "bu futbolchilarni 90% almashtirish kerak" degan gap bo‘lgandi. Keyin men kelganimdan so‘ng hammasi yaxshi bo‘pqolganmish. Bu murabbiyga bog‘liq holat.

— Superligada maqsad kuchli uchlikka kirish bo‘ladimi?
— Maqsadimiz – har bir o‘yinda raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar o‘zimizga kerakli natijaga erishish. Hozir ozgina dam olaylik, yigitlar nafas olsin. Superligada aniq ishtirok etamizmi, shunga qarab vazifa qo‘yamiz. Jamomizni o‘sishi uchun har doim maqsad va natija zarur bo‘ladi.

— Jamoangizdagi yigitlarga xaridor chiqayotgani aniq. Kelasi yili jamoangizni ayrim futbolchilar tark etishi jarayoniga qanday qaraysiz?
— Bugunga qadar futbolchilarni so‘rab turishibdi. Superligaga chiqsak, bu boshqa holat. Agar chiqmasak, Superliga jamoasidan takliflar bo‘lsa, ko‘rib chiqamiz degan javobni berdim. Men uchun ularning yanada o‘sgani yaxshi. Biz ham endi Superligada o‘ynaymiz. Yigitlar qayerda o‘ssa, top-klubda o‘ynasa, men bunga qarshi emasman.

— Olimpiada o‘yinlari Superliga taqvimiga ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda emasmisiz?
— To‘g‘ri, bu jarayon ham bor. Albatta, har bir turnirda maksimal natijaga erishishga harakat qilamiz. Biz muxlislar oldidagi ishonchni oqlashimiz, tiklashimiz kerak. Buni o‘rganib chiqamiz, O‘zPFL ham bizga yordam beradi deb o‘ylayman. «Olimpik» mening yoki boshqasining jamoasi emas. Bu hammniki bo‘lgan jamoa. Terma jamoamizga, futbolimizga foydasi tegadigan yutuq. Jamoaning xalqaro maydondagi har bir g‘alabasi O‘zbekistonimiz uchun yutuq bo‘ladi. Bu yo‘lda hamfikr bo‘lsak, albatta, bizga qiyin bo‘lmaydi.

— Kelasi mavsumda olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Jaloliddinov, Erkinov kabi futbolchilarni tarkibga jalb etish rejasi bormi?
— Albatta, Superligada ko‘p bizning futbolchilar o‘ynashmoqda. Agar o‘z klubida yaxshi o‘ynayotgan bo‘lsa, ularni jalb qilishni nima keragi bor? Albatta, ko‘rib chiqamiz, zarur futbolchilarni olamiz. Qayerdan futbolchi olsak, o‘sha klub bilan bamaslahat ish qilamiz. Masalan, «Paxtakor»da asosiy tarkibda o‘ynayotgan bo‘lsa, nega biz uni olib kelishimiz kerak? Bizga futbolchi qayerda o‘ssa, shu foydali bo‘ladi. Uning o‘rniga boshqa futbolchini tayyorlash mumkin. Baribir terma jamoa yig‘inida ularni ham chaqiramiz. O‘yin amaliyotidan qolib ketayotgan futbolchi yoshlar bo‘lsa, albatta, biz ularni jalb qilamiz.

— Pro liganing joriy mavsumiga bergan bahongiz qanday?
— Albatta, tashkilotchilik uchun rahmat aytaman. Pro ligada ishtirok etmagandim, tanishib oldim. Maydonlar borasida ishlash kerak. Buni to‘g‘rilasak, albatta, bundan o‘zbek futboli yutadi. Futbolchilarda fikrlash o‘sadi, tezroq futbol o‘ynaydi. Ba’zi jamoalarda «tep-tep» futbol o‘ynalsa, murabbiylar uzatmalarni amalga oshirishni so‘rashadi. Sifatsiz maydonda qanday uzatmalarga asosan futbol o‘ynash mumkin? Maydonlarni to‘g‘rilasak, futbolimiz va qarashlarimiz o‘zgaradi. Umuman aytganda, Pro liga qiziqarli o‘tdi, kurash va intriga yuqori bo‘ldi. Hozir ham Pro ligaga tushgan jamoalar keyingi yilga aniq vazifa bilan turibdi. 3 ta Superliga jamoasi bu ligaga o‘ziga yarasha daraja beradi.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 21:52, 02.12.2021.
O'qildi: 3218 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.