Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Ibrahimovich PSJ sport direktori bo‘lmoqchi

Ibrahimovich PSJ sport direktori bo‘lmoqchi

Baho:
+ | -

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich PSJ sport direktori bo‘lishni xohlayotganini tan oldi. 40 yoshli shved 2012 yildan 2016 yilgacha parijliklar safida to‘p surgan.

"2021 yilning yozida PSJga sport direktori bo‘lishga taklif qilgandim. Men Nosir Al-Xelayfiyga qo‘ng‘iroq qildim va unga shunday taklif qildim: “Agar “Milan” bilan shartnomamni uzaytirmasam, “PSJ”ga o‘tib, jamoangizda tartib o‘rnataman”. Nosir kuldi, lekin yo‘q demadi.

"PSJ"da hozir 40 nafar futbolchi bor, lekin ularning hech biri asosiy tarkibda o‘ynamasa ham ketishni istamaydi, chunki "u yerda o‘zimizni juda yaxshi his qilyapmiz" deb aytishadi. Agar men klubda bo‘lib sizga pul to‘lasam-u, uni oqlamasangiz, qola olmaysiz”, — deya Ibrahimovich so‘zlaridan iqtibos keltirgan "RMC" nashri.

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli shvedning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. U joriy mavsumda 12 o‘yinda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Sport-Express.ru
Kiritildi: 05:52, 03.12.2021.
O'qildi: 2222 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик