Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Muhojir, quruvchi va kuryer. 30 yoshida omadi kelgan “Milan” futbolchisi Junior Messias haqida

Muhojir, quruvchi va kuryer. 30 yoshida omadi kelgan “Milan” futbolchisi Junior Messias haqida

Baho:
+ | -

Yozgi transferning so‘nggi kunida “Milan” vinger Junior Messias bilan shartnoma imzoladi. Braziliyalik futbolchining tarixi hayratlanarli bo‘lgan, chunki u 10 yil oldin boshqa yo‘llar bilan tirikchilik qilgan va A seriyada o‘ynashni orzu ham qilmasdi. Shu sabab, “Stadion.uz” nashri “Milan”ning omadli va iqtidorli futbolchisi hayoti, hamda uning bosib o‘tgan yo‘li haqida hikoya qiladi.

 

“Men haqiqatan ham orzu qilmagan narsamga erishdim. Ushbu natija mashaqqatli mehnat va fidoyilik samarasidir. Hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak”, - dedi Messias A seriya matbuot xizmatiga bergan intervyusida. Braziliyalik futbolchi bu intervyuni shu kalendar yili boshida, Italiya futboli elitasidagi birinchi mavsumida “Krotone” safidagi ajoyib o‘yinidan so‘ng bergan edi. . O‘shanda Junior kuz faslini buyuk “Milan” klubi libosida kutib olishini hali bilmas edi.

Braziliyalik futbolchi yozda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va Milan klubi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 5,4 millionga sotib olish opsiyasi bilan 2,6 million yevroga ijara sifatida rasmiylashtirildi.

Junior Messiasning “Milan”ga o‘tishi unchalik katta ish deb bo‘lmadi, ammo futbolchining hayot yo‘li aytib berishga arziydi. Messias futbolchilik faoliyatini Kruzeyro akademiyasida boshlagan, biroq qandaydir sabablarga ko‘ra futbol maktabiga qabul qilinmaydi. 2011 yilda Junior akasi yashaydigan Italiyaga safar qildi. U o‘ziga D seriyadan jamoa topishga harakat qilib ko‘rdi. Ammo, barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi. Shundan keyin Messias boshqa sohalardan tirikchilik qilishga majbur bo‘ldi.

 

“Dribling ko‘chadan, Braziliyadan boshlangan”, deb tushuntirdi Messias. - Professional klublarning yoshlar terma jamoasida o‘ynamadim, shunchaki do‘stlarim bilan vaqt o‘tkazdim. Biz erkin edik - har kim xohlaganini qilardi. Futbolning ma’nosi – g‘alaba”.

Junior qurilish maydonchasida ishlagan, keyin kir yuvish mashinalarini yetkazib beradigan kuryer bo‘lib ishga joylashdi. Messiasninng hayotida futbol faqat hobbi sifatida qolgandi. Dam olish kunlarida u “Sport Varike” muhojirlar jamoasida o‘ynadi. Bu jamoaning rivojlanishiga murabbiy Esio Rossi yordam berdi. Keyinchalik mutaxassis “Kazale” klubiga ishga joylashdi va u yerga Messiasni o‘zi bilan olib ketdi. Murabbiy bu qaroridan umuman afsuslanmadi. Sababi, Junior chempionatning 32 ta uchrashuvida 21 ta gol urdi va jamoaning D seriyaga chiqishiga yordam berdi. Braziliyalik futbolchining Italiyadagi sayohati shu tariqa rivojlandi.

 

“Futbolda omadim kelmaganch, qurilishga ishga kirdim. Tirikchilik maqsadida vayron bo‘lgan binolardan qolgan g‘ishtlarni. Keyinchalik quruvchi bo‘lib ham ishladim, shundan so‘ng maishiy texnika sotuvchi shirkatga – kuryer va yuk ko‘taruvchi bo‘lib ishga kirdim”, - deydi futbolchi.

2020/2021 yilgi mavsumda Junior Messias “Krotone” tarkibida ilk bor A seriyada o‘ynadi. Braziliyalik futbolchi “Yuventus”ga qarshi kechgan mavsum 4-tur uchrashuvining eng yaxshi futbolchi deb topildi. O‘sha yilda Junior A seriyada 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U yaxshi saviyadagi o‘yinchiga aylandi, ammo havaskorlarga xos bo‘lgan beg‘uborlik yo‘qolmadi. O‘tgan mavsumdagi o‘yinlarning birida Messiasning futbolkasi yirtilib ketdi. Bunday vaziyatda ko‘plab o‘yinchilar yangi libos kiyish uchun maydon chetiga ketishardi, Junior esa mato osilib qolmasligi uchun shunchaki tugun bog‘ladi va xuddi Italiya chempionati emas, balki maktab chempionati kabi o‘ynashda davom etdi.

Junior Messias 25 yoshida D seriyada, 27 yoshida S seriyada, 29 yoshida “Kratone” bilan B seriyadan A seriyaga o‘tdi va oliy dvizionda debyut qildi. U hozir 30 yoshda va “Milan” futbolchisi sifatida Chempionlar ligasdagi ilk golini urdi. Shuningdek, kecha “Jenoa” darvozasiga dubl qayd etishni ham uddaladi. Balki Messias “rossonerilar” lagerida ko‘zga ko‘ringan o‘yinchi sifatida tarixda qolmasligi mumkin, lekin u bosib o‘tgan yo‘li bilan hozirdanoq faxrlanishi mumkin.

 

“Mening hikoyam nimani o‘rgatadi? Har doim ishoning, deydi Junior. - Albatta, omad kerak, ammo qiyinchiliksiz undan hech narsa chiqmaydi. Men hech qachon o‘zimni kuchli futbolchi deb hisoblamaganman. Shuning uchun men juda ko‘p mashq qildim. Va, albatta, men Xudoga shukr qilaman. Xudo menga hamma narsa berdi. Qiyinchilik, omad, yaxshi va yomon do‘stlar... Xudoga shukur, men bilan sodir bo‘layotgan hamma narsa mantiqiydir”.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi. 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:25, 03.12.2021.
O'qildi: 2793 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.