"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubining uy stadioni nomini sotish rejalari haqida gapirdi.
“Bizda kamida 5 ta taklif bor. Bu ishdan yiliga 30 milliondan 40 million yevrogacha foyda olmoqchimiz. Bular odatda 10-15 yilga tuziladigan shartnomalardir”, - deya Laporta so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Marca" nashri.
Oldinroq "Barsa" bosh direktori Ferran Reverter "Kamp Nou" stadioni zudlik bilan ta’mirlash ishlariga muhtojligini aytgan edi.