Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Zararli va foydali Verner haqida

Zararli va foydali Verner haqida

Baho:
+ | -

Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli memlarga sababchi bo‘layotgan bir futbolchi borki, u haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Zotan, yaqqol vaziyatlarni ko‘kka sovurish borasida hozirda u eng yaxshisi bo‘lib turibdi, fikrimizcha. Balki shu ketishda davom etsa, u mem kanallarning eng qadrli futbolchisiga aylanib borsa ajabmas. Anglaganingizdek, gap “Chelsi“ning germaniyalik hujumchisi Timo Verner haqida ketmoqda. Xo‘sh, shuncha “qovun tushirganiga“ qaramay, nega bosh murabbiy Tuxel uni hamon jamoada saqlab turibdi? Timoning Londonni tark etishi foydali bo‘ladimi? Shu kabi savollarga quyida batafsil javob berishga harakat qilib ko‘ramiz.

“Chelsi“ning erkatoyi

Nemis futbolchisi Londonda juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Kimsan Lukakusi bor klubda u hamon asosiy tarkibda harakatlanish huquqiga ega bo‘lmoqda. Ha, bu Romeluning “aristokratlar“ safidagi ilk mavsumi (garchi oldin ham u “Chelsi“ safida harakatlangan bo‘lsada). Uning moslashishiga baribir vaqt kerak. Vernerga esa vaqt yetarlicha berildi. Uning kelganiga deyarli 1 yildan oshiqroq vaqt bo‘ldi. Biroq hamon qahramonimiz o‘zidan kutilgan natijalarni ko‘rsata olmayapti. U salbiy taraflama mashhur bo‘lishni eplamoqda. Vaholanki, uning gollar urib, sovrinlar yutib mashhur bo‘lishi taxmin qilingandi. Sovrin yutishniku amallamoqda. Lekin gol urish borasida unday deb bo‘lmaydi.

Taktikaga moslashuvchan yigit

Tuxelning doimiy tarzda Timoga ishonch bildirishi ostida futbolchining universalligi yotibdi desak yanglishmagan bo‘lamiz. Vernerni hujumning istalgan chizig‘ida o‘ynatib ko‘rsa bo‘ladi. Qanotda ham, markazda ham u birdek harakatlanishi mumkin. Chunki unda tezlik va texnika yaxshi rivojlangan. Shuningdek, uning sheriklari uchun hudud ochishdagi mehnatlari alohida tahsinga sazovor. To‘g‘ri, hadeb gol uravermasa-da, biroq gol tashkillashtirishda uning xizmatlari katta ekanligini ta’kidlab o‘tish darkor. Uning mana shu xislatlari uchun ham Tuxel janoblari futbolchiga ko‘p imkon berayotgan bo‘lsa ne ajab.

Taqdir tuhfasimi yoki ...???

Timo Verner “Chelsi“ni tark etadigan bo‘lsa, bu kim uchun foydali yoki kim uchun zararli? Birinchidan, mutaxassislar fikriga ko‘ra, germaniyalik futbolchi o‘zi uchun sarflangan pullarni to‘la oqlab ulgurmagan. Ikkinchidan, undan klubning yetakchi hujumchisi bo‘lishini kutayotganlar yetarlicha. Uchinchidan, Abraham ortidan Verner ham Roman Abramovich jamoasini tark etadigan bo‘lsa, u holda hujumda Lukakuga deyarli raqobatchi qolmaydi. To‘rtinchidan, bosh murabbiy Tuxel uchun kelgusida TurboTimodek uning sxemalarini yaxshi tushunadigan forvardning topilishi ancha qiyin kechadi. Agar rahbariyat 25 yoshli iqtidorni kamida 70 million € ga sotishning ilojisini qilib, boshqa sifatliroq straykerni nishonga olmoqchi bo‘lsa, unda Verner uchun London eshiklari yopilishi mumkin. Biroq unga shuncha katta summani to‘laydigan saxiy klub topilishi amri mahol.

Shunisi ma’lum bo‘ldiki, uning tayyor gollarni havoga sovurishidan ko‘ra ayni paytda klub unga muhtoj ekanligi yuqoridagi gaplarda o‘z isbotini topmoqda. Shunday ekan, “ko‘klar“ muxlislari hozir Timo tomon qancha “tosh otishmasin“, klubning futbolchini sotib yuborishi to‘g‘ri qaror bo‘lmaydi, nazdimizda.

 ****

Futbolda hech bir futbolchi doimiy tarzda muvaffaqiyatli davr o‘tkaza olmaydi. Qachondir zo‘r mavsum o‘tkazishadi, qachondir yaxshi va yana qachondir yomon davrni boshdan o‘tkazishadi. Bu esa hayotda ham, sportda ham hech kim mukammal bo‘la olmasligiga yaqqol isbot bo‘ladi. Biroq aynan mana shu futbol sportining o‘zida “o‘zga sayyoraliklar“ deya atalmish ba’zi bir istisnolar ham uchrab turadi. Bu ikkovlonning kim ekanligini millionlar o‘yiniga ozroq qiziqadigan tomoshabin ham anglay biladi. Shunchaki, ularning ismlaridagi bosh harflarni va liboslari ortidagi raqamlarni keltirib o‘tish kifoya.
L.M.10 & C.R.7.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:42, 03.12.2021.
O'qildi: 2578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.