Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Messi PSJdan norozi: GOAT Kataloniyaga qaytishni orzu qiladi

Messi PSJdan norozi: GOAT Kataloniyaga qaytishni orzu qiladi

Baho:
+ | -

Bir necha kun oldin Leo o‘zining yettinchi “Oltin to‘p”ini oldi. Argentinalik bunga loyiq ekanligiga hamma ham rozi emas, lekin tanlov qabul qilingan va bu o‘zgarmaydi. “Barselona”dan PSJga o‘tish Messiga foyda bermadi. Uning yonida Neymar kabi do‘sti, jamoadoshlari va iqtidorli Mbappe o‘ynayotganiga qaramay, Leo tezda taslim bo‘ldi. “Stadion.uz” nashri Messining Parijda o‘z mahoratini namoyish etishiga to‘sqinlik qilayotgan sabablarni aniqlashga harakat qilib ko‘radi.

 

2021/22 yilgi mavsum “Barselona” uchun og‘ir kechdi: pandemiya tufayli moliyaviy muammolar, bankrotlik xavfi, futbolchilar va murabbiylarning muvaffaqiyatsiz transferlari. Bu muammolarga qaramay, Messi o‘z jamoasini sudrab borishda davom etdi. “Ko‘k-anorranglilar” Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi va La Ligada uchinchi o‘rinni egallab, eng sermahsul jamoaga aylandi. “Barsa” 85 ta gol urgan, shundan 30 tasi Messi hisobiga yoziladi. O‘tgan mavsumda kataloniyaliklar so‘nggi 15 yildagi eng yomon tarkibga ega bo‘lishdi, ammo argentinalik shubhalanishga asos bermadi. U bari-bir dunyodagi asosiy futbol iqtidorilaridan biri bo‘lib qoldi.

 

Parijga ko‘chib o‘tish bilan Leo achchiqlandi. Bu nafaqat PSJ o‘yinlarini tomosha qilishdagi sensasiyalardan seziladi, balki raqamlar bu haqiqatni tasdiqlaydi. Messi parijliklar safida 11 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi. Argentinalik futbolchi “Barsa”da har bir o‘yinda o‘rtacha 4,2 ta darvoza tomon zarba yo‘llagan bo‘lsa, yangi klubida - 3,4. Nishonga aniq yetib borgan zarbalar ham sezilarli darajada kamaydi - 64,5% dan 47,3% gacha. “Barsa”da har bir o‘yinda o‘rtacha teginishlar soni 95,5 tani tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 85,8 ni tashkil qilmoqda. Endi muvaffaqiyatli zarbalar ikki yarim baravar kam. Ammo, La Ligada raqiblar Liga 1 chempionatidan kuchliroq edi.

 

Messi hujumda tajovuzkor va shijoatli o‘ynashdan qo‘rqmadi, ammo PSJda u to‘qnashuvlardan qochadi. Leo tajribali futbolchi va moslashishda hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak. Qolaversa, u o‘zi biladigan futbolchilar o‘ynaydigan klubga keldi: Argentina terma jamoasining jamoadoshlari Anxel di Mariya va Leandro Paredes, bosh murabbiy Maurisio Pochettino ham argentinalik, Neymar va Rafinya esa “Barsa”dagi eski sheriklari hisoblanadi. Serxio Ramos, Serxio Riko, Keylor Navas va Xuan Bernat bilan “Oltin to‘p”ning yetti karra g‘olibi do‘st bo‘lmagandir, lekin Ispaniya chempionatida tez-tez uchrashib turishardi. Messining bunday jamoa bilan muvaffaqiyatga erisha olmagani ajablanarli.

 

Leo allaqachon 34 yoshda va hamma narsani yoshga bog‘lash mumkin, ammo muammo boshqacha - masala.

“Men “Barsa”ni sog‘indim. Mashg‘ulot bazasi, kiyinish xonasi va tartib”, - dedi Messi. - Men “Barselona” sport direktori bo‘lishni xohlayman. Men bu klubni yaxshi ko‘raman”.

Bu argentinalikning yana bir e’tirofi. Leo hatto Ronalduga qarshi uchrashuvlarni sog‘inishini ham aytib o‘tgan. Messining Kataloniyaga qaytish istagi borligi aniq.

 

Leoning PSJning ambisiyalari haqida qayg‘urmasligidan uning jamoasi JCHga chiqish imkoniyatini deyarli kafolatlangan bir paytda Argentina terma jamoasi joylashgan joyidan davolanmagan jarohat olib ketgani ham dalolat beradi. Parijliklar o‘z yulduzlarini qolishga va davolanishga ko‘ndirishdi, ammo Leo quloq solmadi. U “Barselona” bilan qo‘lidan kelgan hamma narsani yutdi va endi uni PSJ bilan ham hamma narsani yutish qiziqtirmaydi. 2021 yilda uni rag‘batlantirgan yagona narsa Argentina terma jamoasi bo‘lib, u bilan yakunda Leo kubokni qo‘lga kiritdi. Kelgusi yil jahon chempionati bo‘lib o‘tadi va Messi jahon chempionatiga jarohatlarsiz bora olsa, PSJ uchun o‘yinlarni yondirib tashlamaydi, degan taxminlar ham bor.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:37, 04.12.2021.
O'qildi: 11456 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.