Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bugun Ralf Rangnik «MYU»da debyut qiladi (prevyu)

Bugun Ralf Rangnik «MYU»da debyut qiladi (prevyu)

Baho:
+ | -

Germaniyalik mutaxassis ilk o‘yinidan ilgari matbuot anjumanida va bundan tashqari «Manchester Yunayted» rasmiy kanali uchun intervyu berib quyidagi fikrlarni bildirgan.

Ronaldu haqida
Men uning "Arsenal"ga qarshi o‘yindagi harakatlarini ko‘rdim. Hech qachon 36 yoshdagi futbolchining bunday yuqori darajada o‘ynaganini ko‘rmaganman. U hali ham o‘yinlar taqdiri hal qilishi mumkin bo‘lgan professional. Biroq men faqat Ronaldunigina kuzatmadim, butun jamoani o‘rgandim. Biz turfa xil uslublar qorishib ketgan dunyoning kuchli ligasida o‘ynayapmiz. Tarkibda sifatli futbolchilar ko‘p bo‘lishi muhim. Ko‘rganlarim bo‘yicha aytishim mumkinki, Ronaldu jamoadoshlari yordamida klub uchun borini berishga tayyor.

Kerrik haqida
Men uni klubda olib qolishni istadim. Bir necha soat mobaynida uni bunga ishontirishga urindim, ammo buning iloji bo‘lmadi. Endi yaqin haftalar ichida men jamoaga 2-3 kishini taklif etaman.

O‘yin nazorati haqida
Futbolda o‘yinning borishini nazorat qilish o‘ta muhim. To‘p bilan sen bo‘lasanmi yoki raqibmi farqi yo‘q. Uchrashuvni boshqara bilish lozim. «MYU»da bu bilan muammo bor. Hatto "Uotford"ga qarshi o‘yinda ham nazorat bizda emasdi. Yaqin haftalar ichida shuning ustida ishlaymiz.

Transferlar haqida
Tarkibimizda bizga kerak bo‘lgan saviyali futbolchilar juda ko‘p. O‘ylashimcha, qishki transferlar haqida rahbariyat bilan suhbat bo‘ladi, lekin men ularni eng to‘g‘ri yo‘l deb bilmayman. Tarkibga keladigan futbolchi har tomonlama ustun sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Qishda esa bundayini topish oson emas.

Angliya premyer-ligasi. 15-tur
"MANCHESTER YUNAYTED" - "KRISTAL PELAS"
FUTBOL TV. 19:00.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 07:49, 05.12.2021.
O'qildi: 3434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.