Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

APL. «MYU» Rangnik boshqaruvidagi ilk o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi, «Tottenhem» raqibiga javobsiz 3 ta gol urdi

APL. «MYU» Rangnik boshqaruvidagi ilk o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi, «Tottenhem» raqibiga javobsiz 3 ta gol urdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 15-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 5 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Manchester Yunayted» o‘z uyida «Kristal Pelas»ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik qayd etgan maydon egalari 77-daqiqaga kelib hisobni ochdi: Fred jarima maydoni tashqarisidan darvozani aniq nishonga oldi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Manchester Yunayted» ochkolarini 24 taga yetkazib olgan holda 6-o‘ringa ko‘tarildi.

«Tottenhem» parallel kechgan bahsda «Norvich»ni mehmon qildi. O‘yinning 10-daqiqasida Lukas Moura londonliklarning dastlabki golini urgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Devinson Sanches va Son Hyon Minning kiritgan to‘pidan keyin hisob yirik ko‘rinishga keldi.

«Tottenhem» 25 ochko bilan 5-o‘ringni band etib turibdi.

APL, 15-tur
5 dekabr, yakshanba
«Manchester Yunayted» — «Kristal Pelas» 1:0
Gol: 1:0 – 77 Fred.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Diogu Dalot, Maguayr, Lindelyof, Telles, Fred, Brunu Fernandesh (van de Bek, 86), Maktominey, Sancho (Grinvud, 62), Ronaldu, Reshford (Elanga, 76).
«Kristal Pelas»: Guaita, Klayn, Tomkins, Gexi, Mitchell, Shlupp, Kuyate (Eze, 84), Gallaher, Ayyu (Olise, 84), Zaha, Benteke (Eduar, 67).
Ogohlantirishlar: Klayn (31), Gexi (67), Maktominey (81), Lindelyof (90).

«Tottenhem» — «Norvich» 3:0
Gollar: 1:0 – 10 Lukas Moura, 2:0 – 67 Sanches, 3:0 – 77 Son Hyon Min.
«Tottenhem»: Lyoris, Tanganga (Doerti, 62), Dayer, Devis, Sanches, Regilon (Sessenyon, 22), Hyoybyerg, Skipp, Son Hyon Min, Lukas Moura (Bergveyn, 80), Keyn.
«Norvich»: Krul, Aarons, Henli, Gibson, Omobamidele, Uilyams, Maklin, Le-Melu (Dauell, 72), Gilmor (Sorensen, 81), Pukki, Ida (Sarjent, 69).
Ogohlantirishlar: Pukki (14), Regilon (16), Gilmor (34).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:43, 05.12.2021.
O'qildi: 2631 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.