Italiyaning "Sky Sports" telekanalining xabar berishicha, "Napoli" yarim himoyachisi Dris Mertens jamoani tark etish niyatida emas.
"Jamoa yaxshi harakat qilmoqda, yaxshi futbolchilar ko‘p. Ertami-kechmi jamoani tark etishim kerak. Klub bilan shartnomamda uni uzaytirish bandi bor, umid qilamanki, bu ish amalga oshiriladi”, - dedi Mertens.
Eslatib o‘tamiz, Dris "Napoli"da 2013 yilning iyulidan buyon o‘ynamoqda, futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. 2021/22 yilgi mavsumda u neapolliklar safida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.