Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Shahrullo Mahmudov: «Jahon chempionatida Xitoyning ishtirok etmasligi musobaqa nufuziga ta’sir qilmaydi»

Shahrullo Mahmudov: «Jahon chempionatida Xitoyning ishtirok etmasligi musobaqa nufuziga ta’sir qilmaydi»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu yil 7-17 dekabr kunlari Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bungacha poytaxtimizda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati, kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati, Islom birdamlik o‘yinlari kabi yirik musobaqalar o‘tkazilgan, biroq Toshkent kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatidek nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmagandi. E’tiborli jihati, bu yangi Olimpiada siklidagi birinchi jahon chempionati hisoblanadi. Shu bois unda yangi nomlar va yangi iste’dodlar kashf etilishi ehtimoldan xoli emas.

Bugun poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida jahon chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi bosh kotibi Muhammad Jalud, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev hamda mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab SH.Mahmudov musobaqa oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hukumatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan ilk marotaba Toshkent kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligini qabul qilmoqda. Musobaqada 90ga yaqin mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilyapti. O‘z navbatida Turizm va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va boshqa hamkor tashkilotlarga tashkiliy ishlardagi yordami uchun alohida minnatdorlik bildiraman. Musobaqada o‘z davlatidagi karantin talablari sabab Xitoy va yana bir qator mamlakatlar ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Biroq, bu musobaqa nufuziga hech qanday salbiy ta’sir o‘tkazmaydi. Chunki bu jahon chempionati va unda dunyoning eng kuchli davlatlaridan eng kuchli sportchilar ishtirok etishadi».

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi B.Mendiboyev esa atletlarimizning bo‘lajak musobaqaga tayyorgarligi borasida to‘xtalib o‘tdi:

«Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng qisqa muddatga tanaffus qildik va darhol jahon chempionatiga hozirlikni boshlab yubordik. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini dastlab Chirchiqdagi bazamizda boshladik, so‘ngra Turkiyada, keyin Ukrainada yig‘in tashkil qildik. Hozirda barcha sportchilarimiz musobaqaga shay. Musobaqada yigitlarimizdan 10 nafar, qizlarimizdan esa 4 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qilishadi».

Matbuot anjumanida Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi bosh kotibi Muhammad Jalud ham tashkilotchilik masalalariga yuqori baho berdi:

«O‘zbekiston doimo har qanday musobaqani yuqori saviyada tashkil etib kelgan. Bugun ham kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati yuqori saviyada tashkil etilganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Bunda O‘zbekiston hukumatiga, Turizm va sport vazirligi va MOQga Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi nomidan tashakkur bildiramiz. Quvonarlisi, hamon dunyoda pandemik vaziyat hukm surayotgan bo‘lishiga qaramay biz barcha musobaqalarni o‘z vaqtida va yuqori saviyada tashkil etdik. Qolaversa, Tokio-2020 Olimpiadasi va undan keyin ham hech qaysi musobaqada atletlarimizda doping chiqmadi. Bu sportimizning halol raqobat sari muhim qadam tashlayotganini bildiradi».

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi jahon chempionati Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilgan, bir yildan keyin dunyoning eng yaxshi atletlari Tailandning Pattayya shahrida jam bo‘lishgan edi. 2021 yilgi jahon birinchiligi Peruning Lima shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, Perudagi pandemiya va karantin choralari sabab, bundan 3 oy oldin Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF) turnirni Toshkentga ishonib topshirdi. Musobaqa doirasida 20-21 dekabr kunlari poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida Xalqaro og‘ir atletika federasiyasining Kongressi ham o‘tkaziladi.

Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini quyidagi sportchilarimiz himoya qilishadi:

Ayollar:
-49 kg: Zuhra Otajonova,
-55 kg: Jamila Panfilova,
-71 kg: Kumushxon Fayzullayeva,
-87 kg: Tursunoy Jabborova.

Erkaklar:
-67 kg: Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov,
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov,
-89 kg: Otaxon Imomov, Sarvarbek Zafarjonov,
-96 kg: Hojiakbar Olimov, Qurbonmurod Namozov,
-109 kg: Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev.
+109 kg: Mirhosil Mirzaboyev.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 21:17, 06.12.2021.
O'qildi: 1756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.