Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Grizmann Madrid derbisidan avval fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Grizmann Madrid derbisidan avval fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning fransiyalik hujumchisi, ayni damda "Atletiko"da ijarada o‘ynayotgan Antuan Grizmann "Real"ga qarshi Madrid derbisidan avval fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz doimo derbida o‘ynashni yaxshi ko‘ramiz. Muxlislarimiz uchun, o‘zimiz uchun, klub uchun... Bu o‘yinda bor kuchimni maydonda tashlab ketmoqchiman. Bunday uchrashuvlar har doim katta ahamiyatga ega.

"Real"ga qarshi o‘yin chempionlik taqdirini hal qiladi deb o‘ylamayman. Mavsum hali juda uzoq davom etadi, biz endi dekabr oyidamiz. Oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor, hammasi biz uchun yaxshi bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Keling, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Xuddi shu ruhda o‘ynashda davom etishim kerak, bu hali boshlanishi. Men bu yerga katta istak bilan keldim. Men maydonda ham, maydon tashqarisida ham barchaga namuna bo‘lishim kerak. Men to‘g‘ri yo‘ldaman deb o‘ylayman. Biz ishlashda davom etishimiz kerak”, - dedi Grizmann "Movistar" telekanaliga bergan intervyusida.

Manba: Sport-Express.ru
Kiritildi: 09:29, 11.12.2021.
O'qildi: 2003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик