Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

APL. "Manchester Siti" penaltidan urilgan gol evaziga "Vulverxempton" ustidan g‘alaba qozondi

APL. "Manchester Siti" penaltidan urilgan gol evaziga "Vulverxempton" ustidan g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatida 16-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bir oz avval "Manchester Siti" va "Vulverxempton" o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida Raxim Sterling tomonidan penaltidan kiritildi. O‘yin yakunigacha ushbu hisob o‘zgarmadi – 1:0.

Yana bir ma’lumotni qayd etish joiz, birinchi bo‘limning yakunida "bo‘rilar" safida Raul Ximenes qizil kartochka olgan edi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "shaharliklar" hisobidagi ochkoni 38 taga yetkazib oldi va turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. "Vulverxempton" 21 ochko bilan 16-o‘rinda.

Angliya chempionati, 16-tur

"Manchester Siti" – "Vulverxempton" – 1:0

Gol: 66 - Sterling (1:0 - penaltidan)

Manchester Siti – Ederson, Zinchenko, Lyaport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Bernardu Silva, Ernandes, Gyundogan (Foden, 56), Sterling, Gabriel Jezus, Grilish (De Breyne, 73)

Vulverxempton – Joze Sa, Saiss, Koadi, Kilman, Ait Nuri, Joau Moutinyu, Ruben Nevesh (Trinkan, 82), Dendonker (Podense, 86), Semedu, Ximenes, Traore (Xvan Xi Chxan, 67)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:29, 11.12.2021.
O'qildi: 2274 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик