«Liverpul» yarimhimoyachisi Jeyms Milner «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda (1:0) ishtirok etdi.
Ushbu bahs ingliz futbolchisi uchun Premyer-ligadagi 573-o‘yin bo‘ldi.
Milner bu bilan «Liverpul» va «Man Siti»ning sobiq darvozaboni Devid Jeymsni (572) ortda qoldirib, Premyer-ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 4-futbolchiga aylandi.
Milnerdan faqat uch yarimhimoyachi oldinda - Frenk Lempard (609), Rayan Giggz (632) va Garet Berri (653).