Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Arsenal" yangi transfer sabab ikki yulduzidan birini sotmoqchi

"Arsenal" yangi transfer sabab ikki yulduzidan birini sotmoqchi

Baho:
+ | -

"PSJ" klubi qanot hujumchisi Bredli Barkola Londonning "Arsenal" klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.

Diario SPORT nashrining xabariga ko‘ra, "to‘pchilar" 23 yoshli fransuz futbolchisini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi. Hattoki, London klubi vakillari futbolchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib, dastlabki muzokaralarni o‘tkazishga ulgurgan.

Manbaning ta’kidlashicha, "Arsenal" kelayotgan yozgi transfer oynasida Barkolaning transferini moliyalashtirish uchun Leandro Trossar yoki Gabriel Martinellidan birini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Barkolya barcha turnirlar doirasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda hujumchi 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:53, 10.05.2026.
O'qildi: 1833 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик