Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

"Lokomotiv" olti nafar futbolchi bilan xayrlashdi

"Lokomotiv" olti nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Albatta, mavsumlar oralig‘ida har bir klubda tarkib bilan bog‘liq o‘zgarishlar ro‘y beradi. Jamoalar ba’zi futbolchilar bilan xayrlashib, ular o‘rnini boshqa o‘yinchilar bilan to‘ldiradi. Bugun "Lokomotiv" PFK olti nafar futbolchi bilan do‘stona, iliq tarzda xayrlashdi.

Bular - darvozabon Javohir Ilyosov, himoyachilar - Shuhrat Muhammadiyev, Xurshid Muxtorov, yarim himoyachilar - Sadriddin Abdullayev, Javohir Sidiqov hamda hujumchi Marat Bikmayev.

Jamoadagi ushbu o‘zgarishlar haqida "Lokomotiv" PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov shunday dedi:

- "Avvalambor klubimizni tark etgan futbolchilarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Garchi bu mavsum Superligada 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsak-da, jamoadagi barcha bor kuchi bilan mehnat qilib, yuqori o‘rinlar uchun oxirigacha kurash olib bordik. Faqat ba’zi o‘yinlardagi omadsizlik va boshqa sabablar tufayli ochko yo‘qotdik".

- "Ha, bugun asosiy tarkibning olti nafar futbolchisi bilan xayrlashdik. Bu futbolchilarning har biriga klub rivojiga o‘z hissasini qo‘shgani uchun rahmat aytib qolaman. Lekin endilikda boshqa yo‘ldan borishni maqsad qilganmiz. O‘ylaymanki, U-21 jamoamizdan bir nechta futbolchi asosiy tarkibda o‘ynashga tayyor. Shu bois kelasi yil ko‘proq yoshlarga va o‘z tarbiyalanuvchilarimizga e’tibor berish haqida bosh qotiryapmiz. Yangi mavsum jamoamiz tarkibida bir qancha yoshlar to‘p tepadi, biz esa ularga katta futbolda o‘z o‘rinlarini topib ketishda qo‘ldan kelgancha yordam beramiz. "Lokomotiv"da tarkib o‘zgargani bilan maqsad va vazifalar o‘zgarmaydi".

Manba: Локомотив матбуот хизмати
Kiritildi: 20:03, 13.12.2021.
O'qildi: 2628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик