Angliyada kasallik bilan bog‘liq vaziyat kundan-kunga jiddiylashib bormoqda.
Kasallikning navbatdagi qurboni – "Brayton". Jamoa bosh murabbiyi Grem Potter britan OAVga jamoaning uch yoki to‘rt futbolchisi COVID-19 uchun ijobiy sinovdan o‘tganini tasdiqladi. Ammo klub APL 17-turi doirasidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinni qoldirilishini so‘ramagan, deya xabar bergan manba.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem"ning bir qator futbolchilarida kasallikka chalinish holatlari aniqlangan edi.