Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Islombek Ismoilov Elit OCHLda ikkita rekordni yangiladi

Islombek Ismoilov Elit OCHLda ikkita rekordni yangiladi

Baho:
+ | -

“Neftchi” bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Elit Osiyo Chempionlar Ligasi tarixida ikkita yosh rekordini yangiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona jamoasi Iroqning “Eyr Fors” klubini mag‘lub etib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Ushbu bahs Islombek Ismoilov uchun ham tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Ismoilov Elit OCHLda ishtirok etgan tarixdagi eng yosh murabbiyga aylandi. Shuningdek, u turnirda g‘alaba qozongan eng yosh murabbiy sifatida ham rekord o‘rnatdi.

“Islombek Ismoilov o‘z nomini Osiyo futbolining nufuzli musobaqasi tarixiga muhrladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Zoran Marushichning goli ushbu uchrashuvda Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoa uchun muhim g‘alabani taqdim etdi.

“Neftchi” mazkur muvaffaqiyat evaziga musobaqadagi ilk 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. Farg‘onaliklar musobaqaning 2-turida Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuv 12 oktyabr sanasiga belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:54, 15.09.2026.
O'qildi: 1854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик