Ko‘pchilik «Real»ni Zidan davridan so‘ng sifatli va mukammal murabbiyga u qadar yolchimaydi, deya taxmin bildirgan edi. Biroq Anchelotti nomzodi tilga olingach, «qaymoqranglilar» muxlislari orasida sal tin olish holati kuzatildi.
Zero, Karlo ota jamoani oldinroq 2014 yilda Chempionlar ligasini yutishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Biroq shu bilan birga uning bir qator kamchilik tomonlari ham borki, buni madridlik muxlislarning aksariyati bilaverishmaydi. Ulardan eng asosiysi - bu rotasiyaga qo‘l urishdan chekinish. Biz ushbu holatni 2015 yilgi YECHLning hal qiluvchi o‘yinlarida kuzatganmiz. Hattoki, ushbu mavsum ham bir xil tarkibli jamoa muhim bahslarda ochkolarni qo‘ldan boy bermoqda.
Quyida Anchelottining aynan rotasiya borasidagi kamchiligiga to‘xtalib o‘tamiz.
La Liga 14/15 yilgi mavsumining birinchi bosqichida madridliklar 19 ta o‘yindan 16 tasida g‘alaba qozongan (qolgan uchtasida mag‘lubiyatga uchragan), ikkinchisida esa 19 ta o‘yindan 14 tasida g‘alaba qozongan. Birinchi davrada 9 ochko, ikkinchi davrada esa 13 ochko yo‘qotildi. Birinchi davrada 62, ikkinchi davrada 56 ta gol kiritildi.
Eng qiziq tomoni, jamoa agar charchoq tufayli davralar oralig‘ida noqulayliklarga uchradi deydigan bo‘lsak, ikkala davrada ham deyarli bir xil natija ko‘rsata olmaydi. Demak, bu yerda murabbiyning bir xil taktikasi o‘z so‘zini aytmoqda. Biroq shu holida ham chempion «Barsa»ga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olgan. Bu ikki jamoaning poygasi xuddi 18/19 yilgi «Siti» va «Liverpul» o‘rtasidagi kurashga o‘xshar edi. O‘shanda «Real» 92 ochko to‘plagan bo‘lsa, «ko‘k-anorranglilar» 4 ochko ko‘proq to‘plashgan.
Madridliklar o‘sha mavsum «Valensiya», «Barselona» va «Atletiko» bilan bahslarda ochko yo‘qotdi. Bu yerda asosan «Real» murabbiylar shtabining xatolari sabab emas, balki raqiblarining mukammal mavsum o‘tkazgani sabab g‘alabalarni qo‘ldan boy bergan. Bu, ayniqsa, apreldan maygacha bo‘lgan natijalar fonida juda kulgili tuyuladi, bu vaqt oralig‘ida jamoa juda ko‘plab keraksiz mag‘lubiyatlarni qabul qilib oldi. YECHL yarimfinalida esa «Yuventus» «Real Madrid»ni shunchaki Bernabeuda «eb qo‘ydi» desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘sha yili finalda «el-klasiko» ko‘rmasligimizga shunchaki Anchelottining e’tiborsiz ishlatilgan taktik sxemalari sabab bo‘lgan.
Rotasiya yo‘q - unvonlar ham yo‘q
Yana o‘sha mavsumga to‘xtalamiz. Agar o‘shanda mavsumni super formada o‘tkazayotgan, g‘alabalarning asosiy kaliti sifatida xizmat qilgan Marselo hech bo‘lmaganda ikki hafta dam olganida, balki «Real»ga yarimfinalda omad kulib boqarmidi?
Jamoaning o‘sha mavsumdagi tarkibini qisqa eslab o‘tamiz. Yarimhimoya va hujum chizig‘ini eslatib o‘tsak (himoyada ham ular almashib o‘ynashga majbur bo‘lishgan va faol o‘zgarib turardi). Natijada, futbolchilar mavsum davomida keragidan ortiq charchab qolishdi.
Yarimhimoya: Xedira, Ilyarramendi, Kroos, Modrich, Hames, Isko, yanvarda kelgan Lukas Silva.
Hujum: BBC triosi, Chicharito va Xese.
Modrichning terma jamoadagi jarohati noyabrdan martgacha uning maydonga qaytishiga to‘sqinlik qildi, bu esa Iskoni avtomatik ravishda mustahkam tayanch o‘yinchisiga aylantirdi. Ko‘rib turganingizdek, bir futbolchining safdan chiqishi uning o‘rniga qo‘shilgan ikkinchi bir futbolchining ham o‘yin sifatiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Albatta, klub bu qadar almashinuvlarni avvaldan qilib yurmagan va muhim pallalarda bu jiddiy pand berdi.
Anchelottidan keyin jamoani boshqargan Zidan esa aynan ushbu faktorga alohida e’tibor qaratdi va «Real»ning ketma-ket 3 yil va undan keyin ham Yevropa qiroli bo‘lishida o‘zining yaxlit uslubini yaratdi. Bu esa ko‘pchilik sezganidek, kuchli rotasiya atrofida qurildi.
Shu bilan birga Anchelottida futbolchilar almashinuvini amalga oshirish uchun mavjud resurslarning bo‘lmaganini ham hisobga olish kerak. U o‘zining yig‘ilib qolgan kamchiliklari qurboniga ham aylandi.
Jumladan:
Xediraning bir mavsum davomida turli davrlarda olgan naq 4 ta jarohati asosiy tarkib sxemasini ancha izdan chiqarib yubordi. Bundan tashqari Xames fevraldan aprelgacha ikki oy davomida jamoasiga yordam bera olmadi. Ilyarramendi asosiy tarkibda deyarli 2000 daqiqa o‘ynadi va o‘zini faol tarzda ko‘rsatdi. Xese faqat dekabrda safga qaytdi xolos. Mavsumning yarmigacha pala-partish holatda kelgan «Real»ni endi ikkinchi, muhim davrada jiddiy sinovlar kutib turardi.
Darhaqiqat, murabbiy maydonning 3 pozisiyasida atigi 4 ta futbolchidan foydalanishga majbur bo‘ldi. Modrich va Iskoning uzoq muddatga safdan chiqishi, ikkinchi va uchinchi alternativ rejalarning yo‘qligi «qirollik klubi»ni tojsiz qoldirdi. Joriy mavsumchi? Liderlar toliqqan payti Karlo ota nima o‘ylab topar ekan?
Yusufbek Saydaliyev tayyorladi