Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Dunyoning omadsiz eng yaxshi terma jamoasi. Belgiya Martines bilan nimaga erishdi?

Dunyoning omadsiz eng yaxshi terma jamoasi. Belgiya Martines bilan nimaga erishdi?

Baho:
+ | -

Roberto Martines Belgiya terma jamoasi bilan shartnoma imzolagan paytda “Everton” bosh murabbiyi edi. O‘sha mavsumda Romelu Lukaku ham Liverpul klubi safida o‘ynardi. U terma jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilgach, o‘zlarining yangi ustozi kim bo‘lishi haqida eshitib qoldi.

Lukakuning bu xabarni eshitgan paytdagi holati kameraga tushib qoldi va hujumchining munosabati bir zumda butun dunyoga tarqaldi. Uning bu tanlovidan mamnun emasligi aniq edi. Lukaku Martines bilan “Everton”da ishlagan va bu murabbiyning salohiyati futbolchi uchun yetarli emas edi.

O‘sha yilning boshida Martines klub lagerini tark etdi va Lukaku shunday munosabatda bo‘ldi: “Jamoa yaxshi o‘ynamadi. Oxirgi 11 uchrashuvning 2 tasida g‘alaba qozondik. Murabbiy va futbolchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelsa, o‘ynash qiyin bo‘ladi”.

O‘shandan beri besh yil o‘tdi va ular o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilandi. Martines boshchiligida Lukaku har o‘yinda gol urmoqda va uning yordamisiz “qizil iblislar” jahon terma jamoalar reytingida birinchi pog‘onani egalladi.

Hammasi yaxshidek tuyuladi, lekin biz Martinesning tayinlanishi to‘g‘ri bo‘lganmi, deb o‘zimizga qayta-qayta savol beramiz. E’tibor bering, biz tarkibida Lukaku, Kevin De Bryuyne, Eden Azar, Tobi Alderveyreld va Tibo Kurtua kabi yulduzlar o‘ynagan jamoa haqida gapiryapmiz. Bunday tarkib bilan jahon chempionatida g‘alaba qozonmaslik esa... Ammo belgiyaliklar yarim finaldan nariga o‘ta olishmadi. Millatlar Ligasining yarim finalida bilan chegaralangani yoki Yevro-2020 chorak finaliga chiqqani bilan faxrlana olasizmi? Bu natijalar shunday jamoaga munosibmi?

Belgiya Yevropa chempionatining chorak finalida Uelsga mag‘lub bo‘ldan so‘ng Mark Vilmots Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. Qo‘mita Vilmots qila olmagan ishni bajaradigan yangi mutaxassisni topishi kerak edi. Belgiyada yana qachon bunday ajoyib ijrochilar to‘plami bo‘ladi?

Futbol federasiyasi kutilmagan qadam tashladi va o‘z saytida bo‘sh o‘rinlar haqidagi e’lonni joylashtirdi. Keyin taxminlar boshlandi: ba’zilari Antonio Konte kelishiga ishongan bo‘lsa, boshqalari Lui siz Gal, Rudi Garsiya yoki Ralf Rangnik bu lavozimda ishlashini aytishdi. Ularda murabbiylarning juda ko‘p rezyumelari bor edi, lekin bir nuqtada yangi murabbiyni tanlash qo‘mitasi butunlay boshqa mutaxassis haqida o‘ylay boshladi. Uning o‘zi uch kishidan iborat edi: texnik direktor Kris van Peyvelde, futbol federasiyasining sobiq vise-prezidenti Bart Verxayege va bo‘lajak prezident Mehdi Bayat. Tajriba sifatida ular qog‘ozga o‘zlariga ko‘proq yoqqan nomzodning ismini yozishdi. Uchalasi ham Martinesning ismini yozgan.

“Biz ko‘plab taniqli nomzodlar bilan uchrashdik. Lekin biz Martinesni bilardik va Angliyada nimalarga erishganidan ham xabardormiz”, - dedi Bayat.

Ammo Roberto suhbatni boshlashi bilanoq u juda jiddiy mutaxassis ekanligi ma’lum bo‘ldi. 

Martinesning o‘zi ham imkoniyatlariga unchalik ishonmasdi. Unga endigina “Everton”dan ketishi aytilgan edi.

 

“Martines nomi e’lon qilinganida, u futbolda o‘sib borayotgan yulduzga o‘xshardi”, - deydi belgiyalik jurnalist Nils PoysonnYE. - Hamma endi taktikani biladigan haqiqiy murabbiy keldi, deb o‘ylardi. Vilmots yaxshi motivator edi, biroq futbolchilar uning tizimidan, o‘yinlarga qanday tayyorgarlik ko‘rgani va tahlillar o‘tkazganidan shikoyat qilishdi. Martines butunlay boshqacha”.

 

Qanday bo‘lmasin, umidlar juda katta edi. “Biz noyob iqtidorga ega futbolchilarni to‘pladik va bizda endi bunday ro‘yxat bo‘lmaydi. Tarkibda boshqa bunday yulduzlar yo‘q edi. Ayniqsa, himoyada. Bizda bitta imkoniyat bor. Yo hozir g‘alaba qozonamiz yoki boshqa hech qachon”

Martines har doim shov-shuvli murabbiy bo‘lgan. Har safar uni ishga olishganda, aql bovar qilmaydigan iste’dod va ambisiya haqida gap borardi. U ko‘p narsani va’da qildi, lekin hammasi ham bajaotdganicha yo‘q. Hatto uning eng katta g‘alabasi – “Uigan” bilan Angliya Kubogid g‘olibligi ham, yakunda Premyer-ligani tark etishi bilan tugadi. “Everton”da ham shunday bo‘ldi. Birinchi mavsum shov-shuv o‘zini oqlaganini ko‘rsatgandek bo‘ldi, chunki, jamoa turnir jadvalini beshinchi o‘rinda yakunladi. Ammo ikkinchi mavsumning martiga kelib, hatto Martinesning o‘zi ham oldinda faqat omon qolish uchun kurash ekanligini tan oldi. Ammo, uchinchi mavsumda hamma narsa tugagandi. Murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlar nihoyatda yomonlashib ketdi.

“Murabbiy qarama-qarshilikka borishdan qo‘rqib, qiyin suhbatlardan qochgandek taassurot qoldirdi. Qachon maydonga tushish imkoniyatini berishini so‘rashganida, Martines “keyingi o‘yinda” yoki “bir hafta ichida” deb va’da berardi. Ammo tez orada u bu gapni hammaga aytayotgani ma’lum bo‘ldi. Futbolchilar o‘z murabbiylarini muhokama qila boshlashdi va 22 nafar futbolchiga bazadan joy va’da qilingani ma’lum bo‘lgach, to‘polon boshlandi”, - deydi “Everton”ning o‘sha paytdagi futbolchisi Lukaku.

 

“Everton” jamoasi davridagi ko‘plab tanqidlar Belgiya termasida aytilgan gaplarga o‘xshaydi. Misol uchun, Martines jamoaning yoshi katta faxriylariga haddan tashqari qaram bo‘lib, ular formada bo‘lmasa ham o‘ynashga imkon beradi. U yosh futbolchilar bilan tavakkal qilishni istamaydi, faqat vaqti-vaqti bilan o‘z qoidasini o‘zgartiradi - masalan, joriy yilning yozida Italiyaga qarshi chorak final uchrashuvida boshlangan Jeremi Doku misolida. Sharl de Ketelare – “Bryugge”ning 20 yoshli ajoyib futbolchisi, ammo u hattoki jamoa kengaytirilgan tarkibiga ham kira olmadi.

Belgiya o‘sha uchrashuv mag‘lub bo‘lib, bo‘lajak chempiondan yirik turnirdagi navbatdagi mag‘lubiyatga qabul qilib oldi. Lekin eng alam qilarlisi, Millatlar ligasining yarim finalida Fransiyani mag‘lubiyatga uchratishi mumkin edi. “Qizil iblislar” o‘sha o‘yinda ishonchli tarzda 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo 30 daqiqa ichida Fransiya uchta javobsiz gol urdi.

Bu vaqtdan keyin hech narsaga ishonch qolmadi. Millatlar Ligasi Belgiya uchun eng oson turnir bo‘lib, hamma kamida finalga yo‘llanmani kutgandi. O‘shandan so‘ng, har xil norozichiliklar boshlandi. Bir tomondan, odamlar Martinesning ishdan bo‘shatilishini talab qilishsa, boshqa tomondan, Belgiya mentalitetidan shikoyat qilishdi.

Belgiya terma jamoasi Roberto Martines qo‘l ostida ko‘p omadsizlikka uchragan bo‘lsa-da, uning “qizil iblislar” safiga kelishining ham yaxshi tomonlari ko‘p.

Mutaxassis kelgan paytda kelib jamoa parokanda edi. Vilmots o‘zining notiqlik iste’dodiga tayanib, katta xatoga yo‘l qo‘ygan. O‘yinchilar bilan yaxshi mashg‘ulotlar o‘tkazilmadi va jamoaviy ruh haqida gap bo‘lmadi. Martines terma jamoani birlashtirishi va tarqoq jamoani alohida yulduzlardan yaxlit jamoaga aylantirishi kerak edi.

 

“U g‘oliblik ruhiga ega haqiqiy jamoa yaratdi. Ilgari biz turli mamlakatlardan kelgan yulduzlar to‘plami edik. Hozir Martines bilan jamoaga aylandik”, - dedi futbol federasiyasi prezidenti.

Ushbu tarkibning nomutanosibligini ham ta’kidlash kerak. Belgiyada hech qachon qolganlar darajasiga mos keladigan chap qanot himoyachisi bo‘lmagan. Uzoq vaqt davomida Yan Vertongen o‘z pozisiyasida o‘ynamadi va tarkibidagi o‘zgarishlardan so‘ng Torgan Azar va Yannik Karrasko chap qanotga o‘tishdi.

 

Martines belgiyalik futbolchilarning yangi avlodini yetishtirish uchun qanchalik ko‘p ish qilgani va terma jamoaning parda ortidagi ishini qanday o‘zgartirganini hisobga olsak, uni faqat futbol maydonidagi voqealar uchun tanqid qilish mutlaqo to‘g‘ri emasdek.

Qatardagi jahon chempionati 2022 yilga belgilangan. Bu Martines uchun so‘nggi imkoniyat bo‘ladi desak xato bo‘lmaydi. Agar u shunchalik uzoq davom etsa, albatta. Yevropaning ko‘plab klublari unga qiziqish bildirishda davom etmoqda. “Nyukasl” va “Barselona” Martinesning nomzodini jiddiy o‘ylab ko‘rishgan va u ham hayotidagi o‘zgarishlar haqida o‘ylaganiga amin bo‘lishingiz mumkin. Ammo Belgiyada ular terma jamoaning shartnomasi tugaguncha ketishi kerak va bu ketishi jahon chempionati tugaganidan keyin sodir bo‘lish ehtimoli katta.

Agar Belgiya kelasi yili orziqib kutilgan jahon chempionligini qo‘lga kirita olmasa, ko‘pchilik buning uchun Martinesni ayblaydi. Ammo bunday xulosalar, hech bo‘lmaganda, shoshilinch ko‘rinadi. Balki aynan murabbiyning mehnati evaziga bir-ikki yildan keyin ularning jamoasi eng kuchlilardan biri bo‘lgan mavsumlarni iliqlik bilan eslab qolar.

 

“Hozir hamma bizni Yevro yoki Jahon chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyatini qo‘ldan boy berdik deb o‘ylaydi”, deydi PoyssonYE. - Ammo 10 yildan so‘ng jamoada ikkita “Real” futbolchisi borligi yoki 2018 yilda Braziliyani mag‘lub etgani haqida gap ketadi. Biz chorak finalga chiqqanimizdan hali ham faxrlanamiz”.

Kiritildi: 13:29, 15.12.2021.
O'qildi: 2404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.