Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina - Torino
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Bugun UEFA millatlar ligasiga qur’a tashlanadi (batafsil ma’lumot)

Bugun UEFA millatlar ligasiga qur’a tashlanadi (batafsil ma’lumot)

Baho:
+ | -

Bugun UEFA millatlar ligasining navbatdagi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi. Musobaqa va qur’a jarayoni haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Nechta jamoa?
Millat ligasi-2022/23da UEFAga a’zo 55ta terma jamoa ishtirok etadi. Avvalgi natijalarga qarab ular 4ta ligaga ajratilashadi. Ayni paytda 51ta mamlakatning qaysi ligada ishtirok etishi aniq bo‘lgan. To‘rtta jamoa esa o‘zaro pley-off bosqichi orqali "C" yoki "D" ligada qatnashishiga oydinlik kiritishadi. Xususan, mart oyida Qozog‘iston Moldova bilan, Kipr esa Estoniya bilan to‘qnash keladi.

Savatchalar tarkibi qanday?

"A" LIGA
1-savatcha: Fransiya, Ispaniya, Italiya, Belgiya.
2-savatcha: Portugaliya, Niderlandi, Daniya, Germaniya.
3-savatcha: Angliya, Polsha, Shveysariya, Xorvatiya.
4-savatcha: Uels, Avstriya, Chexiya, Vengriya.

"B" LIGA
1-savatcha: Ukraina, Shvesiya, Bosniya va Gersegovina, Islandiya.
2-savatcha: Finlyandiya, Norvegiya, Shotlandiya, Rossiya.
3-savatcha: Isroil, Ruminiya, Serbiya, Irlandiya.
4-savatcha: Sloveniya, Chernogoriya, Albaniya, Armaniston.

"C" LIGA
1-savatcha: Turkiya, Slovakiya, Bolgariya, Shimoliy Irlandiya.
2-savatcha: Gresiya, Belarus, Lyuksemburg, Shimoliy Makedoniya.
3-savatcha: Litva, Gruziya, Ozarboyjon, Kosovo.
4-savatcha: Qozog‘iston/Moldova, Kipr/Estoniya, Gibraltar, Farer orollari.

"D" LIGA
1-savatcha: Qozog‘iston/Moldova, Kipr/Estoniya, Lixtenshteyn, Malta.
2-savatcha: Latviya, San-Marino, Andorra.

Qur’a tartibi

"A", "V" va "C" ligalarda 16ta terma jamoa 4tadan guruhga bo‘linishadi. Faqatgina "D"da 2ta guruh bo‘ladi: ularning birida 4ta, ikkinchisida 3ta jamoa o‘rin oladi.

Millatlar ligasi formati
Terma jamoalar 2022 yilning iyun (4ta tur) va sentyabr (2ta tur) oylarida guruhdagi raqiblari bilan "uy-safar" tizimida ikki martadan to‘qnash kelishadi.

"A" ligasida guruh peshqadamlariga aylangan jamoalar musobaqaning final bosqichida ishtirok etishadi. Final bosqichi 2023 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi. "B", "C" va "D" ligalarida guruh g‘olibiga aylangan jamoalar yuqori ligaga ko‘tarilishadi.

"A" va "B" ligalarida guruh bosqichida so‘nggi pog‘onani egallagan termalar pastki ligaga tushib ketishadi. "C" ligasi guruhlarida so‘nggi o‘rinni egallagan jamoalar 2024 yilning mart oyida o‘zaro pley-off bosqichi orqali pastki tushib ketadigan 2ta jamoaning nomiga oydinlik kiritishadi.

Millatlar ligasi taqvimi

Saralash bosqichi
1 va 2-turlar: 2-8 iyun 2022 yil
3 va 4-turlar: 8-14 iyun 2022 yil
5 va 6-turlar: 22-27 sentyabr 2022 yil

Final bosqichi
Yarim final: 14 va 15 iyun 2023 yil
Final va 3-o‘rin uchun bahslar: 18 iyun 2023 yil

"C" liga vakillari uchun o‘tish bahslari: 21-23 va 24-26 mart 2024 yil

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:02, 16.12.2021.
O'qildi: 4549 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик