Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

“Denov”, “Do‘stlik” (Oltiariq) va “Qumqo‘rg‘on” – Birinchi liga-2022 ishtirokchilari

“Denov”, “Do‘stlik” (Oltiariq) va “Qumqo‘rg‘on” – Birinchi liga-2022 ishtirokchilari

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Surxondaryo markazi Termiz shahrida 2-liga g‘oliblari o‘rtasida Birinchi ligaga o‘tish turniri nihoyasiga etdi. Turnirning final ishtirokchilari hamda uchinchi o‘rin egasi 2022-yilgi mavsum Birinchi ligaga yo‘llanma olishini inobatga olsak, uchta omadli jamoaning nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi.

Yarim finalning birinchi uchrashuvida Surxondaryo viloyatining ikki vakili – “Qumqo‘rg‘on” va “Denov” jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi va denovliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Birinchi liganing dastlabki ishtirokchisiga aylandi. Ikkinchi uchrashuv ikki “Do‘stlik” jamoasi o‘rtasida kechdi. Aslida birinchi bo‘lib toshkentliklar hisobni ochishgandi. Ikkinchi bo‘limning yarmida oltiariqliklar hisobni tenglashtirdi.

Yakunda esa Oltiariqning “Do‘stlik” jamoasi 3:2 hisobida yutuqqa erishib, Birinchi liganing ikkinchi vakili bo‘ldi.Birinchi ligaga uchinchi yo‘llanma “Qumqo‘rg‘on” va Toshkentning “Do‘stlik” jamoalari o‘rtasidagi bahsda ma’lum bo‘lishi lozim edi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida qumqo‘rg‘onliklar poytaxtlik raqiblari darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqishdi va Birinchi liganing uchinchi jamoasi bo‘ldi.

Shu tariqa, 2022-yilgi mavsum Birinchi ligasida “Denov”, “Do‘stlik” (Oltiariq) va “Qumg‘o‘rg‘on” jamoalari ishtirok etadi. Musobaqaning hal qiluvchi final o‘yinida oltiariqliklar denovliklarni yirik 8:3 hisobida mag‘lub etib, o‘tish turniri g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 18:50, 16.12.2021.
O'qildi: 1997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик