Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Markaziy Osiyo futbol konfederasiyasining 6-Kongressi bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo futbol konfederasiyasining 6-Kongressi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol konfederasiyasining 6-Kongressi o‘tkazildi. Unda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligida o‘zbekistonlik mutaxassislar ham ishtirok etishdi. Kongressni CAFA prezidenti Rustam Emomali ochib berdi va assosiasiya a’zolariga mintaqada futbolni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

2021 yil murakkab kechganiga qaramay, tashkilot tomonidan rejadagi turnirlar va tadbirlar yaxshi saviyada o‘tkazilgani e’tirof etildi. Kongressda asosiy e’tibor 2022 yil rejalariga qaratildi. Taqvimga ko‘ra yil davomida CAFA shiori ostida 8 ta musobaqa o‘tkazilishi ijroiya qo‘mita tomonidan ma’qullandi.

Shuningdek, a’zo assosiasiyalarning takliflari o‘rganib chiqildi. O‘FA delegasiyasi tomonidan 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini Markaziy Osiyo mamlakatlarida qabul qilish bo‘yicha tashabbus ilgari surildi. CAFA mintaqasi mamlakatlarida birlashgan Mundial o‘tkazish taklifi barcha ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ushbu tashabbus asosida loyiha ishlab chiqilishi ma’qullandi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:18, 16.12.2021.
O'qildi: 2066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик