Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 01:30 Kolumbiya 4-0 Chili
16/10 04:00 Paragvay 2-1 Venesuela
16/10 04:30 Urugvay 0-0 Ekvador
16/10 05:00 Argentina 6-0 Boliviya
16/10 05:45 Braziliya 4-0 Peru
19/10 00:00 Alaves - Valyadolid

«Navbahor»: Mavsum–2021dagi sariq va qizil kartochkalar statistikasi

«Navbahor»: Mavsum–2021dagi sariq va qizil kartochkalar statistikasi

Baho:
+ | -

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Bu safar futbolchilarning sariq va qizil kartochkalari statistikasiga to‘xtalishni lozim deb topdik.

Albatta, futbol jamoaviy sport turi sanalsada, yakkakurashlarga ham boydir. To‘p uchun kurashdagi bunday vaziyatlar esa odatda qo‘polliklarsiz o‘tmaydi.

Shuningdek, ayrim paytlarda raqib hujumini bartaraf etish, bundan tashqari, asabni jilovlay olmaslik, qiziqqonlik ham futbolchilarning hakam tomonidan ogohlantirish olishlari, ayrim paytlarda esa hattoki, maydondan chetlatishlariga sabab bo‘ladi. Qisqasi, kartochkalar millionlar o‘yinining bir bo‘lagi hisoblanadi.    

Yakunlangan mavsumda jamoamizning bir nafar futbolchisi, ya’ni, 29 yoshli tajribali himoyachi Davronbek Hoshimov qizil kartochka bilan “siylangan”, xolos (Soca Cola Superliga. 23-tur. “Mash’al” – “Navbahor” – 0:0).

Biroq yana shuni ham ta’kidlash joizki, Hoshimovga qizil kartochka to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki, ikkinchi ogohlantirishdan so‘ng, shuningdek, uchrashuvning hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtida ko‘rsatilgan (90+3-daqiqada) va bu chetlatish o‘yin natijasiga hech qanday ta’sir o‘tkazmagan.

Mavsum–2021da "Navbahor"da eng ko‘p sariq kartochka olgan futbolchi ham Davronbek – 9 ta.

Hoshimovdan keyingi o‘rinni esa jamoa sardori Azimjon Ahmedov va tajribali himoyachi Mirzohid G‘ofurov egallab turishibdi – 6 tadan sariq kartochka.

Umuman olganda, Superliga–2021da “Navbahor”ning 19 nafar futbolchisi hakamlar tomonidan kartochkalar bilan “siylanishdi”.

"Navbahor" a’zolarining sariq hamda qizil kartochkalari statiskasi esa quyidagicha:

Davronbek Hoshimov – 9 ta sariq, 1 ta qizil kartochka;
Azimjon Ahmedov, Mirzohid G‘ofurov – 6 tadan sariq kartochka;
Sardor Telyakov, Abbosjon G‘ulomov, Kosta Guttiner – 5 tadan sariq kartochka;
Igor Golban, Ehsoni Panshanbe, Quvondiq Ro‘ziyev, Islombek Isoqjonov – 4 tadan sariq kartochka;
Boyan Siger, Boyan Naydenov – 3 tadan sariq kartochka;
O‘tkir Yusupov, Ivan Solovyov, Zabihillo O‘rinboyev, Ibrohim G‘anixonov, Slavisha Stoyanovich  – 2 tadan sariq kartochka;
Shohruh Mahmudhojiyev, Ilhomjon Alijonov – 1 tadan sariq kartochka.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 20:09, 17.12.2021.
O'qildi: 1268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.