Londonning "Chelsi" klubi ispaniyalik himoyachisi Sezar Aspilikueta jamoani tark etish niyati yo‘q.
"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, futbolchi garchi "Barselona"dan taklif bo‘lishiga qaramay "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u jamoadagi holatidan to‘liq qoniqish hosil qilyapti.
Qayd etish joiz, 32 yoshli himoyachi joriy mavsum APLning 12 o‘yinida maydonga tushib, 2 golga assistentlikni amalga oshirdi.