Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Luish Nani hikoyasi (4-qism)

Luish Nani hikoyasi (4-qism)

Baho:
+ | -

Vaqt o‘tgani sari mening o‘yinim shunchalik darajada o‘sdiki, meni katta klublar bilan bog‘lay boshlashdi. «Sporting seni xohlamoqda», «Benfika senga qiziqmoqda». Ular bu haqida har yili gapirishar edi. Lekin hech nima sodir bo‘lmadi. Keyin esa 2003 yilda, men 16 yoshlik paytimda bir do‘stim menga shunday dedi: “Nani, yaqin orada sen klubingni o‘zgartirishing kerak. Lekin men hech qachon «Sporting» yoki «Benfika» 17 yoshga to‘lmagan futbolchini tarkibiga qo‘shib olganini ko‘rmaganman”.

U haq edi. O‘sha yili men «Real Massama»da fantastik mavsumni o‘tkazdim va 22ta gol urdim. Mavsumning oxirgi o‘yinidan oldin bir tanish murabbiy meni «Benfika»da mashg‘ulot o‘tkazishimga ko‘maklashdi. O‘sha mashg‘ulotdan so‘ng «Benfika»dagi murabbiylardan biri menga shunday dedi: “Nani, «Real Massama»dagi murabbiyinga ayt, yakshanba kuni u seni maydonga tushirsin. «Benfika»dan seni o‘yiningni tomosha qilish uchun bir inson ushbu bahsga tashrif buyuradi”.

Rosti, juda hayajonlangan edim. Lekin muammo shunda ediki, biz chempionlikni qo‘lga kiritib ulgurgandik va murabbiyim bu bahsda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganlarga imkon bermoqchi edi. Shu sababli ham men unga shunday dedim: «Iltimos! Men maydonga tushishim kerak!!!»

U ajablangacha: «Nimaga? Biz chempionlikni yutib bo‘lganmizku…». Men unga javoban: “Bilaman, ammo «Benfika»dan kimdir meni qanday o‘ynashimni ko‘rmoqchi ekan!”

U o‘ylay boshlashdi.
«Iltimos! Iltimos! Iltomos!»

U oxiri shunday javob qildi: «Yaxshi! Faqat o‘yinning birinchi bo‘limida o‘ynaysan va tamom!»

Shu tariqa, o‘yin boshlandi va men juda hayajonda edim. Hech qaysi harakatim muvaffaqiyatli chiqmasdi. Lekin tanaffusga 3 daqiqa qolganida men maydon markazida to‘pni qabul qildim. Ularning barchasini aldab o‘tdim va darvozabon oldida raqs tushib gol urdim. Tribunadagi muxlislar qarsak chalib yuborishdi. Men esa shunday o‘ylardim: «Balki, shu gol meni qutqarib qolar».

O‘yindan keyin jamoamizning rahbari yonimga kelib menga shunday dedi: “Bilasanmi, Nani… bugun «Benfika»dan hech kim kelmadi”.
Men esa: «Nima?!»

U hazillashmayotgan edi. Men hayratta edim. Yig‘lab yuborishimga ozgina qolgandi. Meni hatto ishtaham ham yo‘qoldi. Lekin oradan bir necha kun o‘tib u meni yonimga bir xat bilan tashrif buyurdi. Syurpriiiiz. Bu «Sporting» jamoasi bilan birga ikki hafta mashg‘ulot o‘tkazishim uchun taklifnoma edi. Men Xudoga rahmat aytdim.

Azaldan kimdir menga g‘amxo‘rlik qilayotgandek tuyular edi. Xuddi Tangri meni kuzatayotgandek. Hattoki men eng quyi tabaqada yashagan paytlarimda ham u meni himoya qilayotgandek tuyulardi.

2003 yilning bahor fasli yakunigacha men «Sporting»da mashg‘ulot o‘tkazdim. Ammo men «Benfika»da ham mashg‘ulotlarga borib turardim. Chunki u yerdagi murabbiy meni yana mashg‘ulotlarga kelishim mumkinligini aytgan edi. Bu biroz g‘alati edi. Dushanba kuni «Sporting»da, chorshanba va payshanba kunlari «Benfika»da mashg‘ulot o‘tkazardim.

Yoz yakunlanay deb qolgan bir paytda men Sportingdan xat oldim. Unda shunday yozilgandi: «Ertaga soat 10:00da uchrashamiz». Ammo shu kuni men «Benfika»dan ham xuddi shunday maktub oldim. U yerda ham soat 10da uchrashishimiz kerakligi yozilgandi.

«Ha, yaxshi» – deb ularning ikkalasiga ham javob yozib yubordim.

Davomi bor...

Manba: https://t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 11:00, 25.12.2021.
O'qildi: 2391 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.