Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Luish Nani hikoyasi (5-qism)

Luish Nani hikoyasi (5-qism)

Baho:
+ | -

Bu mavsum oldi o‘yinlar payti edi. Shu tufayli endi men ikki jamoada ham bir vaqtda shug‘ullana olmasdim. Balki, «Benfika»ni tanlashim kerak bo‘lgandir, chunki ular menga rad javobini berishmagandi. Ammo men «Sporting»ni tanladim. Chunki u yerdagi murabbiyni yaxshi tanir edim va u yerda do‘stlarim ham ko‘proq edi. Shu tufayli men "Sporting"ga bordim va u yerda mavsum oldi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazdim. Hatto murabbiy meni olqishlagandi. «Nani, men doim sen bizni tanlashingni bilar edim», - degandi u.

Shu tariqa, mening moliyaviy muammolarim yechildi. Hattoki Kabo-Verdega borib keldim va otam qayta olmaganiga sabab, uning hujjatlarda bo‘lganini tushundim. Shu tufayli, u Portugaliyaga, uyimi Amadoraga qayta olmagan ekan. Men u yerdagi ayrim insonlar bilan tanishib otam xohlagan paytida meni ko‘rishga borishi uchun ruxsat olib berdim. Bu meni hayotimdagi eng katta ish desa ham bo‘ladi. Biroq menda muammolar yetarlicha edi. Superyulduzga aylanishim uchun men juda nimjon edim.

To‘g‘risi men o‘sha paytda 20 kglik toshni ham ko‘tara olmasdim. Shu tufayli qolgan ikki yilimni men sportzalda o‘tkazdim. Men kuchli va ko‘nikmalari bor hujumchiga aylandim. 2005 yilda esa birinchi jamoaga o‘tdim. Shundan so‘ng, ko‘plab nashrlar meni dunyoning bir qator nomdor jamoalariga o‘tishim haqida mish-mishlar chiqara boshlashdi. «Man.YUnayted»ni ko‘p ham esga olishmasdi. Ammo agentim Jorje Mendesh menga qiziqayotgan klublarni barchasini nomini yozib, so‘ngra shunday degandi: «Mazkur klublar orasida eng yaxshisi – mana bu». U «Manchester Yunayted»ga ishora qilgandi.

Keyinroq ser Aleks bilan suhbatlashdim. U huddi Krishtianu singari meni ham kashf etmoqchi ekanini aytdi. Shu tariqa, men Manchesterda uy qidira boshladim. Ammo agentim Jorje menga bir taklif berdi. «Krishtianu bilan birga yashashga qarshi emasmisan?». Jorje Krishtianuning ham agenti edi. Ronaldu esa uyda bir o‘zi yashardi. Shu tufayli men «Man.YUnayted»ga yangi kelgan Anderson bilan birgalikda u yerga ko‘chib o‘tdik.
 
Bu ajoyib damlar edi. Biz barchamiz yosh edik va bir tilde suhbatlashar edik. Krishtianu uyida basseyn, stol tennis, tennis korti ham bor edi va biz ularning barchasida raqobatlashar edik. Kunlardan bir kuni ser Aleks yordamchisi Karlush Keyrush bilan bir so‘rovnoma o‘tkazdik. Men o‘zimning javobimni aytdim, Krishtianu esa o‘zinikini, va men javobim to‘g‘ri ekanini bilar edim. Ammo Keyrush nima qilganini bilasizmi? U javoblarni o‘zgartirishga urundi va Krishtianu haq bo‘lib chiqishi uchun ishonch hosil qilmoqchi bo‘ldi. Hahaha!!

Krishtianu bilan doim shunday edi. U hech qachon mag‘lubiyatni qabul qila olmasdi. Hech qachon! Ammo bizga uning bu harakteri yoqar edi va biz ham undan ko‘p narsani o‘rgangandik. Andersen bilan alohida uyga ko‘chib o‘tayotganimizda bizda ham mag‘lubiyatga allergiya paydo bo‘lib ulgurgandi!

Davomi bor...

Manba: https://t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 11:30, 25.12.2021.
O'qildi: 2553 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.