Ayni paytda O‘zbekiston futbol assosiasiyasining yil laureatlarini taqdirlashga qaratilgan «UZ Football Awards» marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Navbat Superliganing eng yaxshilarini taqdirlashga keldi.
Joriy mavsum ham bir-biridan chiroyli gollarga boy boy bo‘ldi. Xususan, 16-tur doirasidagi «Lokomotiv» va «Turon» uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Bilolxon Toshmirzayevning maydon markazidan kiritilgan goli "Coca-Cola Superligasining mavsumdagi eng chiroyli goli” deb topildi.