Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

“CHelsi” futbolchisi “Barsa” rahbariyatini tezroq bir qarorga kelishga chaqirdi

“CHelsi” futbolchisi “Barsa” rahbariyatini tezroq bir qarorga kelishga chaqirdi

Baho:
+ | -

Qishki transfer oynasi bir hafta ichida ochiladi va “Chelsi” himoyachisi Andreas Kristensen hali ham kelajagi haqida bir qarorga kelmagan. Daniyalikning shartnomasi kelasi yozda tugaydi, biroq klub bilan muzokaralar tomonlar uchun juda qiyin kechmoqda.

Biroq, futbolchi Chempionlar ligasining amaldagi sohibida qolishi ehtimoli yuqori emas. Mahalliy “Sport” nashri xabariga ko‘ra, Kristensen “Barselona”ga o‘tishni xohlamoqda, ammo kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklar tufayli futbolchini sotib olishga qurbi yetmaydi.

Natijada futbolchi ispanlardan yakuniy qarorni tezroq qabul qilishni so‘radi. Agar “Barselona” Kristensenni sotib olish fikridan qaytsa, u “Chelsi”ning shartlariga ko‘nishga tayyor va “ko‘klar” safida o‘ynashda davom etishga tayyor bo‘ladi.

Kiritildi: 22:53, 25.12.2021.
O'qildi: 5869 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.