Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy 1-3 Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya 2-0 Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR 0-1 O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin 1-1 Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston 2-3 Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya
20/11 01:00 Boliviya - Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya - Ekvador
20/11 05:00 Argentina - Peru
20/11 05:00 Chili - Venesuela
20/11 05:45 Braziliya - Urugvay

«Qizil iblislar»ning alamli mag‘lubiyatlari. «MYU» muxlislari bu o‘yinlarni unutishmaydi

«Qizil iblislar»ning alamli mag‘lubiyatlari. «MYU» muxlislari bu o‘yinlarni unutishmaydi

Baho:
+ | -

Har bir jamoa tarixida shov-shuvli g‘alabalar va dahshatli mag‘lubiyatlar bo‘lib kelgan. Jumladan, shonli tarixga ega «qizil iblislar»da ham.

Butun futbol olami «Manchester Yunayted»ni musobaqalarning yuqori o‘rinlarida ko‘rishga o‘rganib qolgan. Ammo, quyida jamoaning tarixi davomida sodir etgan eng alamli mag‘lubiyatlari xususida so‘z yuritamiz.

«Manchester Siti» 5:1 «Manchester Yunayted»

Tajribali muxlislar biladiki, 1989 yil 23 sentyabr Aleks Fergyusonning murabbiylik faoliyatidagi eng yomon kunlaridan biri sifatida tarixga kirdi. Muvaffaqiyatsizliklarga uchragan har qanday murabbiy tanqid qilinadi, Ser ham bundan mustasno emas. 1989 yil 23 sentyabr oqshomida Aleksning muxlislar orasidagi obro‘si va ishonchiga anchagina putur yetdi.

O‘zi umuman, 1988/89 yilgi mavsum dahshatli tarzda boshlandi, «Yunayted» 6 turda 7 ochko jamg‘arib, 11-o‘rinni egalladi. Murabbiyga bosim asosan transferlarga sarflangan mablag‘lar tufayli kuchaydi - Mark Xyuz «Barselona»dan qaytdi, Anderson «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylandi va Stiv Bryus himoya markazini to‘ldirgan edi o‘shanda.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq «Yunayted» raqibini nazorat qila boshladi va to‘pni o‘zida ushlab turdi. Ammo keyinchalik sodir bo‘lgan voqealar o‘yin darajasi va senariysini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Uchrashuvning 8-daqiqasidanoq tribunalarda mushtlashuv boshlanib, bu o‘yinning to‘xtatilishiga olib keldi. Bir necha daqiqalik favqulodda yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng «MYU»ni kutib turgan og‘ir bahs davom etadigan bo‘ldi.

O‘sha mavsum «qizil iblis» muxlislar jamoadan chempionlikni kutishayotgan edi. Chunki undan oldingi yil Fergyuson va uning shogirdlari ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Barcha muxlislar nihoyat «Liverpul» gigamoniyasiga barham berilishini kutishgan. Biroq yakunda 11-o‘rin va bu klub tarixidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

«Nyukasl» - «Manchester Yunayted» 5:0

«Nyukasl Yunayted» muxlislaridan jamoa tarixidagi eng yaxshi o‘yin qaysi deyishsa, shubhasiz ushbu bahsni ko‘rsatishadi.

Yaqinda klub egasi o‘zgarganidan so‘ng, «Nyukasl» muxlislari 1996 yilning oktyabrida «Manchester Yunayted» ustidan qozonilgan yirik hisobdagi g‘alaba va o‘sha davrlar eyforiyasini sog‘inishlari tabiiy va buni takrorlashni xohlashgan bo‘lar edi.

O‘sha yillardagi «Nyukasl Yunayted» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi to‘qnashuvni bemalol hozirgi «Liverpul» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan solishtirish mumkin. Ushbu o‘yin hisobidan o‘tgan mavsum «mankunianlar» 12 ochko ortda qolayotib, chempionlikni qo‘lga kiritganlaridan keyin Kigan jamoasi yangi mavsumga jiddiy kirisha boshladi.

Yozda «Nyukasl» rahbari Ser Jon Xoll chempionlik uchun kurashda Kiganni qo‘llab-quvvatladi. Rahbariyat transferlar uchun 16 million funt sarfladi - hozir arzimasdek tuyulishi mumkin, lekin o‘sha payt uchun katta miqdor edi. Ferdinand, Ginol, Barton va Shaka timsolidagi yangi xaridlar jamoani ancha kuchaytirdi. Transferlar juda tez foyda bera boshladi. 16 o‘yinda «Nyukasl» 12 marta g‘alabaga erishdi va dekabr oyi oxiriga kelib turnir jadvalida qoniqarli o‘rinni egalladi.

«Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin qasos olish uchun ajoyib imkoniyat edi va ular buni uddalashdi. Amaldagi chempionlar yomg‘irli kechada birzumda yo‘q qilindi.

Uchrashuvning 12-daqiqasidayoq «Nyukasl» oldinga chiqib oldi. Keyinchalik Ginola hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 75-daqiqaga kelib esa ketma-ket urilgan gollar bahsga mantiqiy nuqta qo‘ygan edi. Bu o‘yin «Nyukasl» bosh murabbiyi Kevin Kigan va Ser Aleks Fergyuson o‘rtasidagi raqobatning so‘nggisi bo‘ldi.

«Manchester Siti» 6:1 «Manchester Yunayted»

Jamoa 2011 yili o‘z uyidagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va «Old Trafford»da oltita gol o‘tkazib yubordi.

«Manchester Siti»da rahbariyat almashganidan keyin jamoa asta-sekinlik bilan kuchayib bordi va allaqachon chempionlik uchun asosiy davogarlardan biriga aylandi. Shu bilan birga, «Yunayted» amaldagi Premyer-liga chempioni sifatida harakat qilar edi. Natijada, «Siti» o‘sha mashhur so‘nggi soniyalarda amalga oshirilgan to‘plar farqi evaziga 44 yil ichida birinchi marta APL chempionligini qo‘lga kiritdi.

O‘yinning birinchi bo‘limida «ko‘klar» atigi 1:0 hisobida oldinda borayotgan edilar, ammo ikkinchi bo‘lim butunlay o‘zgarib ketdi. Mario Balotelli va Edin Jekolarning dubl qayd etganini alohida ta’kidlash mumkin. 

Ushbu bahs Premyer-ligada muhim voqelik sifatida qayd etildi, chunki «Siti» shundan so‘ng ingliz futbolida yetakchi klubga aylandi, «Yunayted» esa keyingi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritganiga qaramay, asta-sekinlik bilan hamshaharidan ortda qola boshladi.

«Manchester Yunayted» 1:6 «Tottenxem»

«Qizil iblislar» Sulsher boshchiligida Premyer-ligadagi eng yomon ko‘rsatkichlarini qayd etishdi. Bu o‘yinda «Yunayted» uchun nihoyatda yoqimsiz bo‘lgan kamchiliklar ko‘p kuzatildi. Jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze muxlislarga qaysidir ma’noda barchasini isbotladi. Dastlab, Fernandesh ikkinchi daqiqadayoq penaltini xotirjamlik bilan golga aylantirdi. Biroq ko‘p o‘tmay londonliklar tezda Tanguy Ndombele va Son Xyon Minning gollari evaziga 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Erik Lamelaning yuziga musht tushirgan Entoni Marsyal esa taym so‘nggida chetlatildi. Bu bilan vaziyat keskinlashib ketdi, Erikning aktyorligi hakamni qo‘pollikka ishontira oldi va bir kishi kam bo‘lib qolgan «MYU»ni og‘ir ikkinchi bo‘lim kutar edi.

Biroq bu hammasi emas edi. Tanaffusga jamoalar 4:1 hisobi bilan chiqib ketishdi. Shundan so‘ng yana Keyn va Son «Yunayted» himoyasidagi tartibsizliklardan unumli foydalanishdi. Serj Oryening aniq zarbasi va Harrining penaltini aniq amalga oshirishi barchasiga nuqta qo‘ydi.

Bsiroq ushbu sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng «Yunayted» Premyer-liganing keyingi 16 o‘yinida bor-yo‘g‘i bir marta mag‘lubiyatga uchradi va turnir jadvalida yakunda ikkinchi o‘rinni egalladi. «Shporlar» esa mavsum tugashidan oldin ishdan bo‘shatilgan Mourinyo ta’sirida o‘z kuchini biroz yo‘qotayotgandek ko‘rindi.

Kiritildi: 23:13, 25.12.2021.
O'qildi: 3455 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.