“Aston Villa” bosh murabbiyi Stiven Jerrard koronavirusga chalindi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Endi U jamoaning Premyer-ligadagi "Chelsi" va "Lids"ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Ertaga, 26 dekabr kuni “Aston Villa” londonliklarga qarshi bahs olib boradi. 28 dekabr kuni jamoa "Lids" bilan o‘yin o‘tkazadi.