Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

«Real» rossiyalik futbolchining transferi borasida ishlamoqda

«Real» rossiyalik futbolchining transferi borasida ishlamoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Moskvaning "Dinamo" va Rossiya terma jamoasi a’zosi Arsen Zaxaryanning transferi borasida ish olib bormoqda.

Rossiya matbuotining yozishiga qaraganda, ushbu bitimda "Real"ning sobiq sport direktori Predrag Miyatovich, sebriyalik agent Srdjan Yeremich va Luka Modrichning vakili Vlado Lemichlar ish olib borishmoqda. Noyabr oyining boshida Lemich va Yeremichlar Moskvaga tashrif buyurishdi va Jelko Buvach bilan muzokara olib borishgan.

«Madridliklar Zaxaryanning transferini 2022 yilning yozida amalga oshirishmoqchi. Katta ehtimol bilan "Real" ushbu xaridni amalga oshirgach, futbolchini "Dinamo"ga bir yil muddatga ijaraga beradi. Transfer narxi 20 million yevro atrofida bo‘ladi. Bonuslar bilan birga 25 million yevroga amalga oshishi mumkin», — dedi vaziyatni yaqindan kuzatib borayotgan manba «Chempionat» nashri bilan suhbatda.

Joriy mavsum 18 yoshli Zaxaryan 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol kiritdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 10:13, 26.12.2021.
O'qildi: 5666 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик