Har bir Olimpiya o‘yinlarida barcha sport turlari uchun ajratilgan umumiy lisenziyalar, sport turlari, erkak va ayol sportchilar uchun ajratilgan kvotalar soni bir-biridan farq qiladi. Gender tenglikni ta’minlash maqsadida erkaklar va ayollar uchun ajratilgan lisenziyalarni tenglashtirish yo‘lida harakat qilgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Parij-2024 Olimpiadasida shunday muvozanatga erishdi. Ushbu materialda Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiadalarining lisenziyalari o‘zaro taqqoslangan holatdagi farqlari haqida hikoya qilamiz.
Umumiy ajratilgan lisenziyalar:
Tokio-2020: 11114
Parij-2024: 10500
Kvotalari oshgan sport turlari: Breykdens (+32), Qoyani zabt etish (+28), Skeytbord (+8), syorfing (+4).
Breykdens Parij-2024 dan Olimpiya o‘yinlari oilasiga kiritilmoqda. Umumiy hisobda ushbu sport turi uchun 32 ta yo‘llanma ajratilgani bois kvotalar kesimidagi ustunlik mazkur sportda.
Qoyani zabt etish
Tokio-2020: 40
Parij-2024: 68
Skeytbord
Tokio-2020: 80
Parij-2024: 88
Syorfing
Tokio-2020: 40
Parij-2024: 44
Kamondan otish, badminton, basketbol, ot sporti, qilichbozlik, futbol, golf, gandbol, chim ustida xokkey, zamonaviy beshkurash, regbi, stol tennisi, taekvondo, tennis, voleybol, sport kurashlari, triatlon kabi sport turlarida har ikki Olimpiadalar orasidagi kvotalar soni o‘zgarmagan. O‘rinlar avval qancha taqdim etilgan bo‘lsa, Parijda ham shunday qoladi.
Biroq, ushbu sport turlarida kvotalar pasaytirilmoqda: gimnastika (-6), baydarka va kanoeda eshkak eshish (-12), dzyudo va velosport (-14), yelkanli va o‘q otish sportlari (-20), akademik eshkak eshish (-24), boks (-34), suv sporti turlari (-62), og‘ir atletika (-76), yengil atletika (-90). Tokio Olimpiadasida debyut qilgan karate va beysbol turlari Parij-2024 dasturidan olib tashlandi. Qolgan sport turlarida ikki Olimpiadalardagi kvotalar o‘rtasidagi farq esa quyidagicha:
Gimnastika
Tokio-2020: 324
Parij-2024: 318
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
Tokio-2020: 330
Parij-2024: 318
Velosport
Tokio-2020: 528
Parij-2024: 514
Dzyudo
Tokio-2020: 386
Parij-2024: 372
Yelkanli sport
Tokio-2020: 350
Parij-2024: 330
O‘q otish sporti
Tokio-2020: 360
Parij-2024: 340
Akademik eshkak eshish
Tokio-2020: 526
Parij-2024: 502
Boks
Tokio-2020: 286
Parij-2024: 252
Suv sporti turlari
Tokio-2020: 1432
Parij-2024: 1370
Og‘ir atletika
Tokio-2020: 196
Parij-2024: 120
Yengil atletika
Tokio-2020: 1900
Parij-2024: 1810