Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Vlaxovichning agentlari «Arsenal» bilan hattoki gaplashishni xohlashmaydi». Jurnalist futbolchining kelajagini tahlil qildi

«Vlaxovichning agentlari «Arsenal» bilan hattoki gaplashishni xohlashmaydi». Jurnalist futbolchining kelajagini tahlil qildi

Baho:
+ | -

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovichning kelajagi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Hozir har bir klub o‘z safiga Vlaxovichni jalb qilish borasida o‘ylashi kerak. Boisi, u aqlbovar qilmas mashina. So‘nggi 12 oy ichida u eng ko‘p o‘sishga erishgan futbolchi. Boz ustiga, u juda iqtidorli.

"Yuventus" u bilan shartnoma imzolashni istaydi, ammo uning agentlari ko‘p pul so‘rayotgani uchun bu ishni amalga oshirish qiyin bo‘ladi. A seriya klublar, xususan, "Yuventus" yozda Dushan uchun kurashishi juda qiyin kechadi.

Vlaxovich yozgacha "Fiorentina"da qolmoqchi. U "Fiorentina"ni yevrokuboklarga olib chiqmoqchi. U "Fiorentina"ning Yevropa ligasi yoki Chempionlar ligasiga chiqishida yordam bermoqchi. Ammo bu oson ish emas. Vlaxovich jamoani boshni tik ko‘targan holda tark etmoqchi. Keyinchalik uni yomonotliq qilishlarini istamaydi.

Ko‘p narsa da’vogar klubning qanday loyiha va qancha maosh taklif qilishiga bog‘liq. Masalan, uning agentlari "Arsenal" bilan hattoki gaplashishni istashmayapti. "Arsenal" uning keyingi faoliyati uchun yetarli darajadagi klub emas. Ular ko‘proq "Tottenxem", "Manchester Siti" yoki "Manchester Yunayted" haqida o‘ylashmoqda.

Antonio Konte boshqaruvidagi "Tottenxem" — uning uchun to‘g‘ri tanlov. U Xarri Keynning o‘rnini bosishi yoki u bilan birga bir yil to‘p tepishi mumkin. Dushan Xarridan ba’zi narsalarni o‘rganishi mumkin. Keyn bilan bir yil faoliyat yuritish — to‘g‘ri qadam bo‘lishi kerak.

Gvardiolaning "Siti"si esa taktik nuqtai nazardan Vlaxovich uchun ayni paytdagi to‘g‘ri qaror bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, u dastlab Antonio Konte qo‘l ostida o‘ynashi lozim. Ammo "Tottenxem" ushbu transfer uchun kerakli barcha pulni to‘laydimi yoki yo‘qmi, bilmadim. Ammo Vlaxovich faoliyatining hozirgi bosqichida "Tottenxem" to‘g‘ri variant bo‘lardi", – dedi jurnalist.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 08:08, 28.12.2021.
O'qildi: 2523 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик