Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

AGMK jamoasi tantanali tarzda medallar bilan taqdirlandi

AGMK jamoasi tantanali tarzda medallar bilan taqdirlandi

Baho:
+ | -

Bugun Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida AGMK asosiy jamoasi va yoshlar jamoasi o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha qo‘lga kiritgan sovrinlari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Xabaringiz bor, AGMK jamoasi ketma-ket ikkinchi mavsum O‘zbekiston chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yoshlar Birinchiligida U21 jamoamiz tarixda ilk bor chempionlik shohsupasiga chiqqandi.

Shu munosabat bilan bugun jamoamiz a’zolariga, xususan A’zam Sherg‘oziyev boshchiligidagi yoshlar jamoamiz vakillariga oltin, Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoamizga esa bronza medallari taqdim etildi.

Yoshlar Birinchiligida chempion bo‘lgan AGMK yoshlar jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabiga qimmatbaho televizorlar taqdim etildi.

Taqdirlash marosimida O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedov va PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev hamda OKMK boshqaruv kengashi raisi va klubimiz prezidenti Abdulla Xolmuradovich Xursanov qatnashdi.

Taqdirlash marosimida suzish bo‘yicha Paralimpiya sovrindori bo‘lgan olmaliqlik Islom Aslanov OKMK rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Shuningdek, marosimda 50 yildan ortiq vaqt mobaynida futbolga ashaddiy muxlislik qilayotgan, xususan AGMK jamoasining fidoiy muxlisi hisoblangan Safar Baymakov klubimiz tomonidan taqdirlandi.

Futbolni rivojlantirishga qo‘shayotgan beminnat xizmati uchun O‘FA vise prezidenti Odil Ahmedov OKMK boshqaruv raisi, AGMK futbol klubi prezidenti Abdulla Xolmuradovich Xursanovga O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov nomidan tashakkurnoma va maxsus sovrinni topshirdi.

Shuningdek, Mirjalol Qosimov AGMK jamoasi nomidan OKMK boshqaruv kengashi raisi Abdulla Xolmuradovich Xursanovga fidoiy rahbar sovrinini topshirdi.

AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, AGMK futzal jamoasi murabbiyi Aleksandr Petrov, AGMK yoshlar jamoasi murabbiyi A’zam Sherg‘oziyev va AGMK ayollar jamoasi murabbiyi Ilhom Xanjariyevga samarali mehnatlari uchun esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

OKMK tomonidan bir necha yillardan buyon homiylik qilib kelinayotgan «Matonat» nogiron-amputantlar futbol jamoasi mas’ullariga ham qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tadbirning so‘nggi qismida zalga yig‘ilgan mehmonlarga Metallurg madaniyat saroyi badiiy dastalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi taqdim etildi.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 23:37, 29.12.2021.
O'qildi: 1434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик