Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Rasman! Stanislav Andreev - "Navbahor" futbolchisi!

Rasman! Stanislav Andreev - "Navbahor" futbolchisi!

Baho:
+ | -

Tajribali himoyachi Stanislav Andreev "lochinlar" bilan shartnoma imzoladi. Andreev 1988 yil 6 mayda  Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

Futbolchilik faoliyatini 2006 yili Sariosiyoning “To‘palang” jamoasida boshlab, mazkur klub tarkibida 2 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Stanislav 2007-2018 yillar davomida Toshkentning “Paxtakor” jamoasida o‘ynab, “sherlar” tarkibida 210 ta bahsda maydonga tushib, 25 ta gol urgan hamda poytaxtliklarning o‘sha mavsumlardagi muvaffaqiyatlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

2018 yilning 2-davrasida Bekobodning “Metallurg” klubi tarkibiga qo‘shilgan Andreev ushbu klub tarkibida o‘tgan mavsum yakunigacha to‘p tepib, bekobodliklar tarkibida 90 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12 ta gol urdi.

Stanislav Andreev 2009-2017 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘ynab, bosh jamoamiz tarkibida 39 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 02:01, 01.01.2022.
O'qildi: 2595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.