Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Arsenal" murabbiyi: "Bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi"

"Arsenal" murabbiyi: "Bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi"

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Artetaning yordamchisi Albert Steyvenberg "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Arteta koronavirusga chalinganligi sababli, ushbu bahsni o‘tkazib yubordi.

«Juda g‘azabdamiz. Dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi bunday o‘ynash - g‘azablantiradi. Biz uchrashuvda g‘alaba qoznishimiz kerak edi, lekin yakunda mag‘lub bo‘ldik.

Edegor bilan bo‘lgan vaziyatda penalti? Mening fikrimcha, o‘sha vaziyatda penalti bor edi, lekin men izchillikni xohlayman. Bizda VAR bor, lekin hech kim nega hakamlarni tekshirmayapti?

Raqib nima uchun ko‘plab vaziyatlarni yaratdi? Yakunda ularning omadi chopdi. Ko‘rsatgan o‘yinimiz muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda Martinelli juda qulay vaziyatga ega bo‘lgandi. Hisob biz o‘ylagandek bo‘lmadi, lekin ko‘rsatgan o‘yinimiz bilan faxrlanamiz.

Gabrielning chetlatilishi? Ba’zan o‘rganishingiz kerak bo‘ladi. Tarkibimizda juda ko‘plab yosh futbolchilar bor, ular o‘z ehtiroslarini jilovlay olishlari kerak. Qolaversa, u birinchi sariq kartochkaga loyiq emasdi. Hozir bu vaziyatni hakamdan so‘ray olmayman. Lekin, sariq kartochkasi bor futbolchi aql bilan o‘ynashi kerak.

Bugun ko‘plab ijobiy vaziyatlarni yaratdik. Bu biz ko‘rsatishimiz kerak bo‘lgan o‘yin», – dedi Steyvenberg.

Kiritildi: 20:48, 01.01.2022.
O'qildi: 3052 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик