Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Dunyoning eng yosh jahon chempioniga 2 xonali uy, 250 million so‘m va davlat mukofoti topshirildi

Dunyoning eng yosh jahon chempioniga 2 xonali uy, 250 million so‘m va davlat mukofoti topshirildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 26-30 dekabr kunlari Polshada shaxmatning blis va rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilib, unda hamyurtimiz, 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, ushbu muvaffaqiyat bir necha kun davomida sport olamidagi barcha nashrlarni larzaga keltirdi.

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida sportchimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o‘rinbosari, Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, mamlakat shaxmat federasiyasi raisi Aziz Abduhakimov, Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi direktori, Senator Alisher Sadullayev, Nodirbek Abdusattorovning yaqinlari, keng sport jamoatchiligi, bir qator OAV va blogerlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Abdujabbor Abduvohidov Nodirbek Abdusattorovga “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti berilishi to‘g‘risidagi Prezident farmonini o‘qib eshittirdi. Sherzod Asadov chempionimizga Toshkent shahridan ikki xonali uy kalitini topshirgan bo‘lsa, Aziz Abduhakimov Nodirbek Abdusattorovga 250 million, uning murabbiylari Jahongir Vohidov hamda marhum Dmitriy Qayumovning oilasiga 100 million so‘mdan, blis yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida 8-pog‘onadan joy olgan Javohir Sindorovga 50 million, munosib ishtiroki uchun Shamsiddin Vohidovga 25 million so‘mdan pul mukofotlarini topshirdi.

Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston va Qolaqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Said ham Abdusattorovga o‘zlarining tabriklarini yo‘lladilar.

Shubhasiz, bunday e’tibordan sportchimiz va uning ota-onasi faxr hissini tuyishdi.

“Prezidentimiz va hukumatimizning bunday e’tiboridan xursandman. Nasib qilsa, kelgusida klassik yo‘nalishda ham jahon tojini kiyishga va’da beraman. Bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatab turgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, – dedi Nodirbek Abdusattorov.

Marosim yakuniga yetgach, OAV va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Shuning bilan tadbirning dastlabki qismi o‘z yakuniga yetdi. Sportchimizni qutlash marosimining davomi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yuzlab hamyurtlarimiz ko‘z o‘ngida o‘tkazilmoqda. Bu haqida kelgusi mateliarimizda batafsil ma’lumot beramiz.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:23, 03.01.2022.
O'qildi: 2731 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.