Birozdan so‘ng Angliya chempionati 21-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" – "Vulverxempton" bahsi start oladi.
Ushbu o‘yin uchun "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibiga Fil Jons kiritildi.
E’tiborlisi, himoyachi so‘nggi bor 2020 yilning yanvar oyida "Manchester Yunayted" – "Byornli" bahsida maydonga tushgan edi. Ushbu sanadan 712 kun o‘tgach Jons yana APLda maydonga tushmoqda.