"Bavariya"ning hozirda Maldiv orollarida bo‘lib turgan futbolchilari Lyuka Ernandes va Nyunzi Kvassi koronavirusga chalingan, deya xabar berdi klub matbuot hizmati.
Ikkala futbolchi ham o‘zini-o‘zi izolasiya qilgan.
Avvalroq yanvar oyi boshida Manuel Noyer, Kingsli Koman, Korenten Tolisso va Omar Richardslarda infeksiya aniqlangan edi.