Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Misr 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilmoqchi

Misr 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilmoqchi

Baho:
+ | -

Qora qit’aning tarixiy mamlakatlaridan biri Misr 2036 yil bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish niyatida. Bu haqida mamlakat sport vaziri Ashraf Sobhi ma’lum qilgan.

Sobhining ta’kidlashicha, Misr bu borada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga rasmiy xat jo‘natishga tayyor. Qayd etish joiz, XOQ prezidenti Tomas Bax Afrika mamlakatlarining bunday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi haqida gapirib o‘tgan. Boisi hozirgacha faqatgina ushbu qit’a hech qachon Olimpiya o‘yinlarini qabul qilmagan.

Hozirda Qohiradan 45 km uzoqlikda “Misrning Xalqaro Olimpiya shaharchasi” nomli yirik sport kompleks qurilishi olib borilmoqda. U yerda Olimpiya shaharchasi va 90 ming o‘rinli asosiy marosimlar o‘tkaziladigan bosh stadion, suzish havzasi va tennis kortlari kabi sport inshootlar qad rostlaydi.

Hozirgacha Misrdan tashqari Hindiston, Rossiya, Ukraina, Turkiya, Ispaniya ham 2036 yilgi Olimpiadani qabul qilish niyatida ekanini bildirgan.

Afrika davlatlari orasida so‘nggi bor Keyptaun 2004 yilgi Olimpiadani qabul qilish uchun kurash olib borgan. Ma’lumki, yakunda mezbonlik Afina shahriga berilgan.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:18, 04.01.2022.
O'qildi: 2851 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик