Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Muhammadanas Hasanov: "Lokomotiv"ga o‘tish - faoliyatimdagi burilish nuqtasi bo‘ladi"

Muhammadanas Hasanov: "Lokomotiv"ga o‘tish - faoliyatimdagi burilish nuqtasi bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Lokomotiv"ning yangi futbolchisi Muhammadanas Hasanov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Lokomotiv" haqida fikrlaringiz. Bizning klubga o‘tish jarayoni qanday kechdi?
- Avvalambor, barchangizni kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman. Mavsum oldidan bir necha klublardan yaxshi takliflar bo‘lgandi. Barchasini ko‘rib chiqdim va "Lokomotiv"ning taklifini qabul qildim. Boshqa klublarning rahbarlariga ham minnatdorlik bildiraman.

- "Lokomotiv" siz uchun alohida chorlov bo‘la oladimi?
- "Lokomotiv"ning o‘yinlarini ancha vaqtdan buyon kuzatib boraman. So‘nggi yillardagi sovrinlar barchasidan dalolat. Albatta, bu men uchun alohida chorlov bo‘la oladi. Aytishim mumkinki, "Lokomotiv"ga o‘tish - faoliyatimdagi burilish nuqtasi bo‘lishini kutyapman.

- O‘zbekistonning 3 karra chempioni tarkibida o‘ynash qanchalik darajada bosim beradi?
- O‘zbekiston chempionatida barcha jamoalarda bosim bor. Albatta, muxlislar "Lokomotiv"dan doimo yuqori natijalarni talab qiladi. Shu sababli bu yerning ham bosimi bor. Buni tezroq yengib o‘tishga harakat qilaman.

- "Lokomotiv"dagi raqobat haqida nima deya olasiz?
- Har bir jamoada raqobat yuqori darajada bo‘ladi. Barchamiz bilamizki - raqobat futbolchining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Bu doimo futbolchining foydasiga xizmat qiladi.

- Ushbu mavsumda "Lokomotiv" tarkibida o‘zingizga qanday maqsad qo‘ygansiz?
- "Lokomotiv" bilan yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishim kerak. Klub rahbariyati futbolchilarga qo‘yilayotgan vazifalar o‘zgartirmaydi. Shu sababli ushbu mavsumda yuqori tempda o‘yin ko‘rsatishni istayman.

Manba: Локомотив матбуот хизмати
Kiritildi: 17:40, 04.01.2022.
O'qildi: 1484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик