Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Daholar o‘rniga «DDD»

Daholar o‘rniga «DDD»

Baho:
+ | -

Taqdir taqozosi bilan 2021 yil Serbiya futbolining birdaniga 3 nafar vakiliga o‘ta omadli keldi. Gap murabbiy - Dragan Stoykovich, futbolchilar - Dushan Tadich va Dushan Vlaxovich haqida ketmoqda. Dragan futbolchilik faoliyatida to‘liq yuzaga chiqarolmagan salohiyatini murabbiylik yo‘nalishida namoyish etib, kamtarin Serbiya termasining JCH-2022 yo‘llanmasiga ega chiqishini ta’minladi. Uning shogirdlari esa nafaqat terma jamoa, balki o‘z klublarida ham mahsuldorlikni o‘rniga qo‘yib, yil qahramonlari qatoridan joy olishdi.

Dragan kimsan Venger ishonchini oqladi

Serbiyalik sobiq yarim himoyachi o‘tgan asrning 80-yillari oxirida «Srvena Zvezda»da porlagandi. U JCH-90dan keyin Frans Bekkenbauer boshqaruvidagi «Marsel»ga o‘tdi. Biroq Fransiyada Draganga jarohatlar xalal berdi, o‘jar tabiati ham muvaffaqiyatli faoliyati yo‘lida g‘ov bo‘ldi. Amerikaliklarning ko‘hna multfilmi qahramoni bo‘lmish sichqoncha sharafiga «Piksi» laqabini olgan Dragan chindan ham, o‘ta qaysar edi. Aytishlaricha, Stoykovich «Marsel» va sobiq jamoasi - «Srvena Zvezda» o‘rtasida kechgan 1991 yilgi YECHK finalida penalti tepishdan bosh tortgan. Oqibatda fransuzlar 4:5 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgandi. Keyinchalik yana bir qator qoidabuzarliklar uchun jazolangan va jarohatlar girdobida qolgan injiq yarim himoyachini «Verona»ga «surgun» qilishgandi.

Italiyadan kutilmaganda Yaponiyaga yo‘l olgan Stoykovich «kunchiqar yurt»da sevimli ustozi Arsen Vengerni uchratdi va u bilan bir necha yil hamkorlik qildi. Lekin o‘z o‘yinidan qoniqmay, murabbiylikka bosh suqishni lozim topdi. Arsen Venger chamasi 10 yil muqaddam Stoykovichning futbol falsafasi o‘ziniki bilan bir xil ekanligini alohida ta’kidlagandi. Ma’lum bo‘lishicha, fransiyalik mutaxassis har yili serbiyalik shogirdi bilan Londonda uchrashib, futboldagi dolzarb mavzularni muhokama qiladi. Dragan ham Venger kabi Yevropa jamoalari boshqaruvini qo‘lga olishdan avval Osiyoda tajriba to‘pladi. Aniqrog‘i, 11 yil davomida Yaponiya va Xitoyda ishladi. Shundan so‘ng Serbiyaga qaytib, mamlakat milliy jamoasida faoliyat boshladi. Aytish o‘rinli, uning oldiga hech qanday aniq vazifa qo‘yilmadi, chunonchi, serblar joy olgan JCH-2022 saralash guruhida Portugaliya termasi yaqqol favorit edi. Amalda Stoykovich jamoasi saralash dovonidagi 12ta o‘yindan 8tasida g‘alaba qozondi va yakunda portugallarni ortda qoldirib, Qatar mundiali yo‘llanmasini rasmiylashtirdi. Krishtianu Ronaldusi bor Portugaliya termasi esa endi saralashning «pley-off» raundida italiyaliklar bilan o‘ynashga majbur. Demakki, Dragan Stoykovichni bemalol 2021 yil qahramonlari qatoriga qo‘shish mumkin. Chunonchi, u saviyali, lekin ancha palapartish o‘ynaydigan Serbiya termasini aql bilan to‘p surishga o‘rgatdi. Ha, jamoa hamon kamchiliklardan xoli emas, deylik, slavyanlar Portugaliya termasiga qarshi kechgan dastlabki bahsda omad tufayli mag‘lubiyatdan qochishdi. Muhimi, Stoykovich jamoasi hal qiluvchi javob uchrashuvida matonat ko‘rsatib, safardan haqli g‘alaba bilan qaytdi - 2:1. Serblar saralash bosqichida aynan Venger qoidalariga rioya qilgan holda to‘p surishdi - to‘p nazorati, turli uslubda uzatmalar, darvoza tomon ko‘proq zarba...

Dushan Tadich - yilning bosh assistenti

Lionel Messining muxlislari Robert Levandovski va «Oltin to‘p»ga oid munozaralarda juda faollar. Ularning iddaolariga ko‘ra, Bundesligada, yana «Bavariya» safida gol urish ancha oson ekan. Lekin fakt shuki, Levandovski CHLda 80ta gol marrasiga yetishda Messi va Ronalduga nisbatan ancha kam vaqt sarfladi. Futbol - piramida. Hujumchining nechog‘li samarali o‘ynashi uning ortidagi ijrochilarga ham bog‘liq, albatta. Mana, Erling Xoland «RB Zalsburg»da qolib ketmadi, tez orada Dortmund «Borussiya»sidan ketishi ham aniq. Golga assistentlik bo‘yicha Messi o‘rnatgan rekordni yangilash - katta natija. Boz ustiga, futbolchi sifatida Leodan ancha pastda turadigan Tadich nisbatan kamtarin jamoalar («Ayaks» klubi va Serbiya termasi)da 37ta golga hammualliflik qildiki, buning salmog‘i deylik, «Barselona» yoki «PSJ»da qayd etilgan natijadan balandroq. Futbol bu borada adolatli - yuksak ko‘rsatkichlar tarix varaqlariga muhrlanadi. Mana, Dushan Tadich «Ayaks»ni sardor rolida CHL «pley-off» bosqichiga yetakladi. Amsterdam klubi kvartetdagi 6ta o‘yinni ham o‘z foydasiga hal etdi - nufuzli turnirda kam uchraydigan voqea. Dushanning 37ta samarali uzatmasi esa - ajoyib ko‘rsatkich.

 

Dushan Vlaxovich - «A» seriyada yil to‘purari

Vlaxovich ham Niderlandiyadagi adashi kabi yil davomida ortiqcha kuch sarflamayotgandek yengil harakatlandi. Unda ilhom, o‘ziga ishonch oy sayin ortib bordi. Navqiron Dushanning grandlar nishonida turgani bejiz emas. Ronaldu 2020 yili Italiya chempionatida 33ta gol urgandi. «A» seriyaning yaqin o‘tmishida Marko van Basten va Andrey Shevchenko, Gabriel Batistuta va Filippo Inzagi, Ernan Krespo va Kristian Vyeri, Luka Toni va Alessandro Del Pyero kabi buyuk snayperlar dong taratishgan. Lekin 1961 yildan buyon «Yuventus» hujumchisi Omar Sivoridan bosh­qa hech kim 33ta gol marrasiga yetmagandi. Italiya chempionati tarixida faqat ikki futbolchi muayyan yil davomida ko‘proq gol urgan (1933 yili «Yuventus» to‘purari Feliche Borel - 41ta va 1950 yili «Milan» snayperi Gunnar Nordal - 36ta). Xullas, faxriy Ronaldu anchayin murakkab kechgan 2020 yili 33ta gol urib, yuksak saviyasini namoyish etdi. Qarangki, endi serbiyalik navqiron hujumchi shu buyuklar qatoriga qo‘shildi. Qolaversa, Dushanning natijasi avvalgi eng yuqori ko‘rsatkichlarga nisbatan ahamiyatliroq ham. Zero, Feliche Borel 1933 yili yaqqol favorit tarkibida o‘ynagan. Nordal rekord o‘rnatgan 1950 yili esa «A» seriya favoritlari mavsumni 100tadan ko‘proq gol bilan yakunlashardi. Hozir 90ta gol ham kam uchraydigan holatdir. Qolaversa, «Fiorentina» - o‘tgan mavsumni atigi 13-o‘rinda yakunlagan jamoa. Xullas, Dushanga gap yo‘q!

Serbiya termasida iqtidorli futbolchilar ko‘p. Ular orasida ikki Dushan chin daholar - Messi va Ronaldu rekordlarini yangiladi. 2021 yili Serbiya futbolida bosh ko‘targan «DDD» (Dragan va ikki Dushan) triosi Qatar-2022 mundialiga ham o‘zgacha chiroy bag‘ishlasa, ajabmas.

 Sodiq RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:45, 07.01.2022.
O'qildi: 4207 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.